Get Mystery Box with random crypto!

Jaholatga qarshi - ma'rifat! Bugun Yashnobod tumani hokimlig | Monomarkaz.uz

Jaholatga qarshi - ma'rifat!

Bugun Yashnobod tumani hokimligi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi hamkorligida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir ana shunday nomlandi.

Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yashnobod tumani bo'limi boshlig'i Zafarbek Karimov va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita mutaxassisi, Xalqaro Islom Akademiyasi dotsenti Jahongir Meliqo'ziyevlar ishtirok etib, tinch va osoyishta, erkin va farovon turmush tarzimizga shukronalik hissi, yoshlarning jahon internet tarmog'idagi global xurujlarga uchrab qolishining salbiy oqibatlari, ijtimoiy tarmoqlar faoliyatidan samarali foydalanishlari haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Tadbirda "Mehr" operatsiyasining 5-hujjatli filmi ham namoyish etildi.

71 207-69-00 (113, 114).

Telegram | Facebook | Web-sayt