Get Mystery Box with random crypto!

#yoshlardaftari #ulashing Yoshlar hayotda o‘zining o‘rnini to | Mᴏʟɪʏᴀ ᴜᴢ

#yoshlardaftari #ulashing

Yoshlar hayotda o‘zining o‘rnini topib ketishi uchun kichik bir turtki bo‘lishi lozim.
Ota-onalarning farzandiga kiritadigan sarmoyasi mana shu turtki vazifasini bajaradi. Biroq hammada ham imkoniyat bir xil bo‘lavermaydi. “Yoshlar daftari” tizimi esa yigit-qizlarimiz uchun mana shunday turtki vazifani va imkoniyat vazifasini bajarmoqda, nazarimda.

“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari. Prezidentimiz tashabbusi bilan endi undagi imkoniyatlar yanada kengaytirilmoqda. Xususan, endilikda 14-17 yosh oralig‘idagi yigit-qizlar ham “Yoshlar daftari”da ko‘zda tutilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. “Yoshlar daftari”da nazarda tutilgan imkoniyatlar amaldagi 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi.

“Yoshlar daftari” haqidagi ushbu rolikni ko‘ring, albatta! Sifatli holatda YouTube sahifamizda ham tomosha qilishingiz mumkin.

@alisher_sadullaev