#qabul2023
Bugun o‘qishga topshirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
Abituriyentlar bugun soat
23:59 ga qadar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn
ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, tanlagan
ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar
21-iyul kuni soat
23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Hurmatli abituriyentlar!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun
so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha
ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun
to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!
Ro‘yxatdan o‘tishda
tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli,
ta’lim tili,
yo‘nalishlar ketma-ketligi,
chet tili va
test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling!
Qabulga doir ma’lumotlar @eduuzuniversalbot
'da.Bizni kuzating Twitter | Instagram | Facebook | YouTube