Get Mystery Box with random crypto!

Onamga xat Men sizni o’ylayman shomu saharda, Ona, sog’insam | Toshkent moliya instituti

Onamga xat

Men sizni o’ylayman shomu saharda,
Ona, sog’insam ham bora olamayman,
Tunlari charog’on shunday shaharda
Hech kimga ko’nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O’z do’stim uyiga ko’mildi sevgim,
Kun bo’lib ko’ksimni kuydirdi nafrat.

Boshimdan o’tgani ko’kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men – zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…

Mana, men ketyapman tosh yo’lda ko’zim,
Qadamim moshinlar yo’rg’asiga mos.
Yig’lasam yupatib o’zimni o’zim,
Pishqirib qo’yaman toychoqlarga xos.

Va sizni o’ylayman shomu saharda,
Ona, sog’insam ham bora olmasman.
Tunlari charog’on shunday shaharda
Hech kimga ko’nglimni yora olmasman…

Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha Siz sog’ bo’ling deb,
Sog’ingan o’g’lingiz – Muhammad Yusuf.

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official