#Qabul2022 #akademik_litsey Akademik litseylarga qabul 10-iy | TMI-Akademik Litsey rasmiy kanal
#Qabul2022 #akademik_litsey
Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi
Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10-iyul etib belgilandi.
Akademik litseylarga 2022/2023-oʻquv yili uchun hujjat topshirish istagida boʻlganlar 10-iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
MA'LUMOT UCHUN: Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar 10-iyulga qadar elektron platforma orqali onlayn ariza holatini tekshirishi va oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.