Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT !!! E'LON!!! Bugun, 2022 yil 20 iyun kunidan barc | TMI-Akademik Litsey rasmiy kanal





DIQQAT !!! E'LON!!!

Bugun, 2022 yil 20 iyun kunidan barcha akademik litseylarga hujjat qabul qilish boshlandi.

Hujjatlar onlayn tarzda www.litsey.edu.uz platformasiga joylashtiriladi.

E'TIBOR QILING!

Platformadan ro'yxatdan o'tishingiz uchun bo'lishi shart bo'lgan hujjatlar:

1. 9-sinfni bitirganligingiz haqidagi maktabdan olingan shaxodatnomani dublikati ( nusxasi) sizda bo'lishi kerak.
Chunki siz uni pdf formatga o'tkazishingiz va platformaga yuklashingiz shart.

2. Sizning litsey qabuli uchun ishlatadigan va platformaga kirita oladigan telefon raqamingiz (iloji bo'lsa +99833 kodiga ega bo'lmagan va doim ish holatida bòladigan)

3. Shu raqam hisobida kamida 40 so'm mablag' bo'lishi kerak (ro'yhatdan o'tish uchun kerak bo'lgan mablag'). Agar siz ma'lumot kiritganda sizga sms habar kelmasa demak mablaģ yuq. Telefonga 40 sòm tashlab boshqatdan ròyhatdan òtish kerak bòladi.

4. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma

5. 3x4 rasm ( formada, oq fonda tiniq olingan bo'lishi kerak. Xira olingan rasm uchun ro'yxatdan o'tolmay yurmang. Shu rasm bilan imtihonlarga ruxsatnoma olasiz).

YANA BIR ILTIMOS!

PLATFORMA TO'LIQ ISH HOLATIGA KELGUNCHA BIR IKKI KUN SABR QILING.

SHOSHMANG!

KEYINCHALIK QIYNALIB TAHRIRLASHDAN KO'RA, YAXSHILAB TUSHUNIB OLIB HARAKAT QILGAN MA'QUL!

HUJJATLAR REGISTRASIYASINI KANALDA ALBATTA TUSHUNTIRAMIZ!

https://t.me/moliyalitseyi

Akademik litsey binosida ham qabul jarayoni boshlanadi. Agar kelib topshirsangiz mutaxassislarimiz tomonidan tòliq va kamchiliklarsiz topshirishingiz mumkin. Buni uchun òz telefoningiz bilan kelishingiz kerak bòladi!



Hujjatlarni pdf formatga o'tkazish xususida

1 variant
Skanerlash.

Ammo, platformaga ko'pincha 1 mBdan oshiq pdf fayl joylanmaydi. Skaner qilinganda esa fayl hajmi katta bo'ladi.

2 variant
Kamerasi yaxshi telefonda tiniq qilib rasmga olasiz va
Google yoki Chrome orqali jpg to pdf converter (o'zgartiruvchi)ni topib, u orqali pdf shaklga o'tkazasiz.
Bu o'quv yilida òquvchi 3 ta akademik litseyga hujjat topshirishi mumkin ammo hammasida faqat bir xil yònalishni tanlashi kerak!
Tanlagan litseylarini hammasida birinchi yozma imtihonlarda qatnashishi shart!
Platformaga rasm, tuģilganlik haqida guvohnoma, shaxodatnomadan tashqari til bilish darajasini bildiruvchi sertifikat va agar bo'lsa olimpiada g'olibligi diplom va sertifikatlarini yuklashi kerak bo'ladi.


Kanalimizni kuzatib boring. Qabul jarayonlari haqida ma'lumot berib boramiz!
Litsey binosiga kelib mas'ullarga murojaat qilsangiz sizga hujjat topshirishda yordam berishadi.
Hujjatlarni offline shaklda qabul qilib, platformaga joylashtiramiz.

Murojaat uchun call center raqamlarimiz:
+998712279286;
+998712279273;
+9998712279271