Get Mystery Box with random crypto!

Assalom alaykum kanalimiz a'zolari #Akademik_litsey #video_qul | TMI-Akademik Litsey rasmiy kanal

Assalom alaykum kanalimiz a'zolari #Akademik_litsey #video_qullanma
#Qabul_2022

Akademik litseylarga qabul boshlanadi

20-iyundan eʼtiboran 2022/2023 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi.

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga shaxsiy maʼlumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

joriy yilda 9-sinfni bitirganlik toʻgʻrisidagi shahodatnoma;

3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

oʻqishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).