Get Mystery Box with random crypto!

6 iyuldan 'Kapitalbank' ATB, 'UzAuto Motors' kompaniyasi bilan | Moliyachi | Kundaligi

6 iyuldan "Kapitalbank" ATB, "UzAuto Motors" kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi aksiyani boshladi - boshlang'ich to'lovi atigi 20% bo'lgan maxsus onlayn avtokredit. Birinchi to‘lovni to‘lash kifoya, shu vaqtdan shaxsiy avtomobilingizda harakatlanishingiz mumkin. Shu bilan birga, kredit muddati ham uzaytirildi - bundan oldin, kreditni 24 oydan 36 oygacha olish mumkin edi, endi esa 36 dan 40 oygacha rasmiylashtirish mumkin.

Kredit faqatgina jismoniy shaxslarga taqdim etiladi. Buning uchun https://clc.to/bankvamijoz1907 veb-saytida so'rov qoldirish kifoya.

Kreditni quyidagi UzAuto Motors avtomobillariga olish mumkin: Cobalt, Nexia, Tracker AT, Tracker MT va Trailblazer. Kredit yiliga 24% miqdorida taqdim etiladi. Barcha tafsilotlar va variantlar saytda ko'rsatilgan.

Batafsil ma'lumot