Get Mystery Box with random crypto!

Chekish inson sog'ligi uchun zarar! Ammo, lekin, biroq. | Moliya Bozori Uz

Chekish inson sog'ligi uchun zarar! Ammo, lekin, biroq. British American Tobacco (UzBAT) AJ aktsiyadorlarga 2020 yil 9 oyi uchun 200 milliard so'mdan ortiq mablag'ni dividend to'lash to'g'risida qaror qabul qilindi.
03.12.2020 kuni bo'lib o'tgan #UZBAT aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida joriy yilning 9 oyi davomida dividendlarni to'lash uchun 200,87 mlrd. so'm (1 oddiy aksiya uchun 8 150 so'm) ajratildi. Aksiyaning nominal qiymatiga nisbatan 3543 % tashkil qilmoqda.
British American Tobacco kompaniyasining O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 400 million AQSh dollaridan oshadi.Oʼzbekistonda sotiladigan sigaretlarning aksariyat qismi Samarkand Sigaret Fabrikasida ishlab chiqariladi. Samarqand Sigaret Fabrikasi 1997 yilda qurilgan boʼlib, zamonaviy yuqori texnologiya asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Fabrikaning ishlab chiqarish hajmi salohiyati yiliga 20 milliard sigaretani tashkil etadi va uning bu quvvati mahalliy bozorni toʼla qondirib, qoʼshni davlatlarga jahon sifatidagi mahsulotni yetkazib berish imkonini beradi.