Get Mystery Box with random crypto!

#FOYDALI | Moliya Bozori Uz

#FOYDALI 1. “Islom, Avtoritarizm va qoloqlik” Ahmet Kuru. Kitob nima uchun musulmon oʻlkalar iqtisodiy va texnologik jihatdan gʻarbdan qolib ketgani haqida.

Islam, Authoritarianism, and Underdevelopment: A Global and Historical Comparison

2. “Yevrosiyo Koʻtarilishi” — Bruno Makayesh. Kitob Yevropa va osiyo bir kontinent boʻlib qolayotgani va mintaqa kelajagi haqida. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, Ukrainadagi maydan va shu kabi hodisalar haqida koʻproq bilish uchun zoʻr manba ekan. Tez oʻqiladi.

"The Dawn of Eurasia"

3. “Taraqqiyot Madaniyati” — Joel Mokir. Kitob oʻn sakkizinchi asrda nima uchun sanoat revolyutsiyasi vujudga kelganligi haqida. Yaʼni butun tarixda insoniyat kambagʻal va qoloq edi. Insonlarni hayoti juda ayanchli,och va nihoyatda mushkul edi, lekin nima boʻldiki, 18 asrdagi hodisalar hozirgi nihoyatda rivojlangan dunyoni vujudga keltirdi? Shu savollarga zamonamizni eng yaxshi iqtisodiy tarixchilardan biri javob yozgan.

"A Culture of Growth"