Get Mystery Box with random crypto!

Talaba-yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchay | TMI "Axborot-resurs markazi"💻📚

Talaba-yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi vatan haqidagi eng yaxshi she’rlar mutolaasi bo‘yicha “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” nomli tanlov o`tkazilishini e’lon qilamiz.
Tanlovda barcha talabalar, professor-o`qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov shartlariga ko‘ra ishtirokchilar Vatan (mamlakatimiz ravnaqi, amalga oshirilayotgan islohotlarni o`zida mujassamlashtirgan ma`lumotlar) haqidagi she’r, g`azal, ruboiylardan birini tanlab, uni ifodali tiniq ovozda o'qib, video va audio ko'rinishida (91) 669 99 33 raqamiga telegram messenjeri orqali taqdim etishingiz zarur.
Tanlovga 2022 yil 25 avgust soat 08:00 da START BERILADI. Belgilangan talab darajasida tayyorlangan, eng sara video va audio roliklar 2022-yil 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bayram tadbirlari arafasida institut kutubxonasining rasmiy telegram kanallariga joylashtiriladi. Vatannga bo`lgan mehr va muxabbatimizni birgalikda madx etaylik!!! Kanalga ulanish:
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿
https://t.me/moliya_kutub
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿

Telegram
TMI "Axborot-resurs markazi"
t.me/Buyurtma_Taklif_Shikoyat