Get Mystery Box with random crypto!

Hakkerlar tuzogʻiga tushishdan saqlaning Hakkerlar haqida kuz | MohirDev.uz

Hakkerlar tuzogʻiga tushishdan saqlaning

Hakkerlar haqida kuzatuvchilarimiz maʼlumotga ega deb oʻylaymiz. Ammo ularning qanday qilib sizni toʻnab ketishlari haqida esa deyarli hech narsa mavjud emas.

Oʻzbekistonda ham keng tarqalgan “fishing” usuli. Bunda qalloblar soxta saytlar yasab, odamlarni shaxsiy maʼlumotlarini qoldirishga undashadi. Masalan: Sizga internet doʻkonga qoʻygan eʼloningiz boʻyicha aloqaga chiqishadi va qoʻygan buyumingizni sotib olishini, ammo boshqa davlatda ekanligi uchun naqd pul bera olmasligini, link tashab berib oʻsha saytda karta maʼlumotlarini kiritishni, shunda avtomatik tarzda toʻlab berishlarini aytadi. Sodda odamlar bu “qarmoqqa” ilinishadi. Oqibatda yigʻib qoʻygan pullaridan ayriladi.

Yana bir usuli spam xabarlar boʻlib, xabarda berilgan linkka bosishingiz ortidan qurilmangizni boshqarish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Ulardan qutulishning oson yo'li notanish akkountlarda, saytlarda shaxsiy ma'lumotlaringizni qoldirmaslikdir.

Telegram | Instagram | Youtube