Get Mystery Box with random crypto!

#qarashlarim Aqllilik qilishni istamay qo'ydim lekin... Goh | Rassom qizning kundaligi🫶🏻🧑🏻‍🎨

#qarashlarim

Aqllilik qilishni istamay qo'ydim lekin...

Gohi namozlarda dangasalik qilamiz..
Gohi xushu xuzu yo'qligidan namozdan rohatlanmaymiz..
Gohi namoz og'irlik qiladi..
Gohi mazza qilib qo'shiq eshitib, Qur'on oyatlarini eshitolmaymiz..
Gohi kimdir Alloh va Uning hukmlaridan so'z ochsa ichimiz siqishni boshlaydi...

Nima qipti? Nima qipti ibodatlarda xushu bo'lmasa, baribir davom eting.

Davom eting namoz o'qishda. Dangasalik bilan bo'lsa ham, charchasangiz ham, siqilsangiz ham, davom eting.

Va oxirida ayting "Allohim, qiynaldim. Ibodatingda qiynaldim. Bu juda ham oz ibodatligini bilaman, lekin shu ozginasi ham meni qiynadi. Lekin, lekin Men Senga qullik qilish uchun jonimni qiynadim. Nafsimga qullik qilmaslik uchun O'zimni qiynadim. Endi iltimos Robbim, menga osonlik ber"...

Allohga taqvo qilgan bandasiga Alloh O'zi yo'l ko'rsatmas ekanmi?
Ona bolasini olovga otmagan bir payt Alloh O'zi yaratgan bandasiga O'ziga qaytish yo'lini oson qilmas ekanmi?

Axir Alloh onalarni shu qadar mehribon qilib yaratgan Zot bo'lsa..
O'zi onalardan qanchalar mehribon ekanligini kimdir tasavvur qila oladimi?
Shu uchunam davom eting...

Bugun bo'lmasa ertaga yoki 1 oydan keyin yoki 1 yil ...
Balki umriz oxirida ..
Albatta Allohni topasiz, in shaa Alloh!