Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoda bor so‘zlarning, Malham, sehrgarlari. Davosidir dill | MOHIR QO'LLAR

Dunyoda bor so‘zlarning,
Malham, sehrgarlari.
Davosidir dillarning,
Rosa ibratdir bari!

Biz sizlarga ilindik,
Ma'nosin uqib oling.
Ishlatsangiz suyindik,
Marhamat quloq soling.

Assalomu~alaykum.

O‘ng qo‘limni ko‘ksimga,
Qo‘yib deyman''Assalom''.
Yurakdan tilak sizga,
Yo‘llayman shirin kalom.

''Assalomu~alaykum'',
Ne so‘z, ma'nosi qanday?
Qilib shirin tabassum,
''Sog‘lik va tinchlik''tilay!


''Vaalaykum~assalom'',
Bunda ham ko‘pdir ma'no.
Javob yo‘llab siz shu on,
Bo‘ling oqil va dono!

Sizga ham shunday tilak,
Tilayman do‘stim degay.
Sog‘lik va tinchlik beshak,
Hayotga shodlik bergay.

Shunday ekan do‘stlarim,
So‘z boshi bo‘lsin salom.
Oziqlanar ko‘ngillar,
Eshitib shirin kalom!

Rahmat.

Rahmat so‘zi azaldan,
Xush yoqadi g‘azalday.
Aytilishi turli xil,
Ma'nosi bitta,yakdil.

Sizga yordam bergangga,
Yelkadosh bo‘p turgangga.
Ayting''Rahmat''so‘zini,
Sizga qo‘lin bergangga.

Har kuni ayting rahmat,
Minnatdor bo‘ling albat.
Yaxshilikka javoban,
Rahmat sizga,ming rahmat!

''Iltimos''

Yana bir sehrli so‘z,
Eshitsang yorishar yuz.
So‘rasangiz biror ne,
Avvalo''Iltimos'' deng!

Ishingiz bitmay qolmas,
Sizga''Yo‘q''~deya olmas.
Demak,so‘zlang har kuni,
''Iltimos''~so‘zlar zo‘ri!

Aslo qiynamay o‘zni,
O‘rganing shunday so‘zni.
Gar desangiz~''Iltimos'',
So‘zingiz bo‘lar Olmos!

Marhamat.

Yana bir juda go‘zal,
Eshitsang,go‘yo asal.
Diling yayrab ketadi,
Tiling sayrab ketadi.

Sizdan nedir so‘rashsa,
Va o‘tinib qarashsa.
Kulib denglar''Marhamat'',
,,Marhamat''so‘zi qantdak!

Ishlating go‘zal so‘zni,
Burishtirmasdan yuzni.
Sehrli so‘z ~''Marhamat''
Sizga ~yarashar albat.


Xush kelibsiz.

Eshikdan kelsa mehmon,
Qovog‘ing uyma~yomon!
''Xush kelibsiz''~de kulib,
Charchog‘i ketar tuzib.

''Xush kelibsiz'',''Marhabo'',
So‘zlar bilan bo‘l oshno.
Odobdan berar darak,
Sehrli so‘zdir beshak!

Kechir.

Kimnidir xafa qilsang,
Bilmay ranjitib qo‘ysang.
Jim turmagin,bo‘lgin mard,
Mag‘rur bo‘lsangda harchand.

Bilsang kechirim so‘rash,
Mard kishining ishidir
Tezda uzrni yo‘llash,
Go‘zal xulqning o‘zidir.

Kechirim so‘rab tezda,
Aybingni bo‘yningga ol.
Gap ko‘pdir do‘stim so‘zda,
Nasihatga quloq sol!

Xasanova Nilufar.
14.07.2022.


https://t.me/Maktabgacha_talim_mtv