Get Mystery Box with random crypto!

15.07.2016 Shu sanada turmushga chiqqanman... Kecha 6 yil bo' | Mohinur Sadiraliyevna

15.07.2016
Shu sanada turmushga chiqqanman...


Kecha 6 yil bo'ldi...

"Qani, 1-2 yil yashab ko'riychi, turmush o'rtog'im bilan bir-birmizni tushuna olsak, keyin farzandli bo'lib yashab ketaman" - degan fikrlar bilan turmushga chiqqanman.

Fikrlarimiz bizni real hayotimizni yaratgani sababli 2 yil vaqtim turmush o'rtog'imiz bilan bir birimizni o'rganishimizga ketgan, keyin u kishi meni haqiqiy umr yo'ldoshim ekanliklarini anglab yetganimdagina Alloh bizga farzand bergan...

Yana 2 yil vaqtimni esa erkaklardan ko'ra zo'rroqligimni va kuchliroqligimni isbotlashga ketkizganman. (Mana shu erkaklarni tan ololmaslik deyiladi)
Yaxshiyamki, shu orada psixologiyaga kirib kelib qolganman. Va anglaganmanki, ayol aslida kimgadir nimanidir isbotlash uchun emas balki, mazza qilib baxtli yashashi, ayolligidan lazzatlana olishi uchun dunyoga kelarkan...

So'nggi 2 yil esa men Hayot aslida oson ekanligini, biz o'zimiz uni murakkablashtirib olishimizni tushunib yetdim.
Men BAXTni his qildim...

Davomi etaymi?