Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyaning barcha yerida 31-dekabr kuni 'Makkaning fathi' nom | Bonu Sayyid 🌻

Turkiyaning barcha yerida 31-dekabr kuni "Makkaning fathi" nomli tadbirlar tashkillashtiriladi. Odatda bu tadbirlar kunning kechki paytiga to'g'ri kelib, Makka fathini nishonlashga va u yerda bo'lgan hodisalarni anglatishga qaratiladi. Bu qanchalik to'g'ri, bilmayman. Ammo turklarning bu ishni qilishda keltirgan sabablarini aytib o'tmoqchiman.

Aslida Makkaning fath etilgan kuni 10/11-yanvar, 630-yilga to'g'ri keladi deyiladi. Hijriy taqvimda esa, Hijratning 8-yili, Ramazon oyida bo'lib o'tgan. Aynan qaysi kunda ekanida ixtiloflar mavjud. Turkiya esa Makkaning fath etilmish kunini 31-dekabr o'laroq olgan. Aslida bu kunda bo'lgani aniq emas deyiladi ular tomonidan ham.

Bilamiz-ki, hozirgi paytda nishonlanadigan "Yangi yil" bayramining biz Musulmonlarga umuman tegishli joyi yo'q. Bu bo'yicha hazrat rohimahullohning nuqta qo'yuvchi javoblari mavjud.

Turkiya ham shuni inobatga olgan holda, yoshlarni bu yangi yilni nishonlashlari o'rniga, Makkaning fathi qanday bo'lganini o'rganish va o'sha vaqtda Yangi yilni emas, Makkaning fathini nishonlashga chorlaydi.

Makkaning fathini nishonlashlariga yana bir sabab o'laroq, "Insonlarni bugun yana yangi fathlar kutayapti" degan xabarni berish istaklari borligi keltiriladi. Dekabr oyi boshlanishi bilan har yerda "Mekkenin fethi" tadbiriga taklif qiluvchi reklamalarni ko'rishingiz mumkin.

Tepada ham aytganim kabi, bu ish uchun diniy hukm qanday bo'ladi, bilmayman. Lekin yoshlarni yangi yil nishonlashga emas, Makkaning fathini o'rganishga davat qilishlari qaysidur tomondan go'zal ish.

Mohinabonu Sayyidafzal