Get Mystery Box with random crypto!

Har bir amalga oshishi biz uchun qiyindek ko'ringan ish, Alloh | Bonu Sayyid 🌻

Har bir amalga oshishi biz uchun qiyindek ko'ringan ish, Alloh uchun juda ham oson... Umidingizni hech so'ndirmang va chin dildan duo qiling. Ishonaman-ki, chin dildan duoga ochilgan qo'llarni Robbim bo'sh qaytarmaydi.

Agar o'sha istaganimiz ish biz uchun xayrli bo'lsa, albatta amalga oshadi. Qilayotgan duolaringiz javobi kelmayaptgan bo'lsa, zinhor umidsizlik tomon yo'nalmang. Balki u istaganingiz ishning xayrli vaqti emasdur hozir. Umid - juda go'zal tuyg'u. Uni yashash vaqti ham insonga o'zgacha lazzatni beradi.

Har birimizning biror yetisha olmayaptgan istagimiz, juda istasak-da, amalga oshmayaptgan duolarimiz bo'ladi tabiiyki. Eng go'zal tasalli esa, "Robbim menga qachon va nima xayrli ekanini yaxshi biladi. Agar "bo'l" desa, yo'q joydan bo'lib ketishi ham hech gap emas. Eng go'zal tarzda, eng xayrli vaqtida berishiga, duolarimni javobsiz qoldirmasligiga aminman" deya olishda.

•Istayotganlarimni eng xayrli vaqtda va go'zal shaklda berishiga aminman. O'sha kunlar kelganida, mana shu xabarimni o'qib, sizlarga ham eslataman, in shaa Alloh! Kutish vaqti qiyin kechadi. Ammo Robbimning rahmati cheksiz. Va men uchun qachon xayrli ekanini eng yaxshi bilguvchidir.

Mohinabonu Sayyidafzal