Get Mystery Box with random crypto!

Ma'lumotda xatolik keltirganim sabab, post tahrirlandi. 'Bloo | Bonu Sayyid 🌻

Ma'lumotda xatolik keltirganim sabab, post tahrirlandi.

"Bloody Mary" musiqasi haqida:

Nasroniylar tarixida Mariya Magdolina degan ayol yashab o'tgan. U ayolni yengil tabiat ayol deb bilishgan. Keyinchalik esa ayolning nomi oqlanib chiqgan ekan. Ammo e'tiboringizni qaratishingiz kerak bo'lgan jihati, u ayolni Iso alayhisalomning sevgani deya keltirishlarida! va o'rtalarida shunday ishlar bo'lgan deb, yaxshigina uyatsiz holatda yoritib berishadi! (bu ayol chindan Iso alayhissalom ayoli bo'lganmi, bilmayman. Man bunday ma'lumot o'rganmanganman islom tarixida). Shunday qilib, u Mariya Magdolina ba'zi insonlar tilida axloqsiz va yengil tabiat (yozishga majburman) foxisha deyiladi. Ba'zilar orasida esa ilohiylashtiriladi.

Nega bu ayolni gapirdim o'zi? O'sha musiqa, aynan Mariya Magdolina tomonidan aytilgandek qilingan. Va naqorat yerida, "Iso aytganday raqsga tushaman" deb aytib ketilgan (Like Jesus said). Tarjimasini pastdagi rasmlar orqali o'qishingiz mumkin.

Bu musiqaga qarshi fikr bildirgan holda, ingiliz nasroniylari tomonidan video ham tayyorlanibdi. U yerda aytilishicha, "Iso raqsga tushish borasida aytmagan! ammo injilning ba'zilarida shu kabi so'zlar ham keltirib o'tilgan. Lekin u to'g'ri emas!" deydi nasroniy yigit. Aslida bu yerda yaxshigina chalkashliklar mavjud.

Asosiy e'tibor qaratishimiz kerak bo'lgani, bu musiqaning ma'nosi! "Iso aytganidek raqsga tushaman"~~~~ Biz Iso alayhissalomni payg'ambar deb bilamiz, e'zozlaymiz. Ular o'lmaganlari, hali yerga tushirilishlari va musulmonlar ila namoz o'qishlari-yu, yana boshqa aytilgan hodisalar borasida ham xabardormiz, ishonamiz.

Shunday ekan, shu ma'nodagi musiqaga raqsga tushib, uni sevib eshitish yoki yana shunga aloqador ishlarga bosh suqishimiz to'g'ri kelarmikin? Sizga kelayotgan ma'lumotlar borasida biroz izlaning, surishtiring, o'rganing. Ko'r ko'rona ergashib ketmang, iltimos.

Ma'lumotlar borasida xatolarim bo'lishi mumkin. Ammo g'arbni tarqatayotgani yangiliklarda e'tiborli bo'lishingizni aytish borasida fikrim qat'iydir! Bu kabi narsalarga ko'plar kabi oddiy qaramayman, unday qarashni istamayman ham. Qolgan fikrlar uchun esa comment ochiq.

•Mohinabonu Sayyidafzal