Get Mystery Box with random crypto!

𝑀𝑜ℎ𝑙𝑎𝑟𝑜𝑦𝑠_𝑝𝑎𝑔𝑒

Telegram kanalining logotibi mohims_blog — 𝑀𝑜ℎ𝑙𝑎𝑟𝑜𝑦𝑠_𝑝𝑎𝑔𝑒 𝑀
Telegram kanalining logotibi mohims_blog — 𝑀𝑜ℎ𝑙𝑎𝑟𝑜𝑦𝑠_𝑝𝑎𝑔𝑒
Kanal manzili: @mohims_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-22 06:05:34 ALI va FOTIMA

Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj...

#10_Qism

Lekinga o'rin yuq.Sababini aytsam men Alloh buyurgan ishlarni qilaman.Namoz o'qimasam ham Allohga ishonaman.Gunoh ishlar qilmayman.Shu kifoya..!
Sizning bu gaplaringizni o'zi gunoh.Allohga ishongan inson uning buyurganini qiladi .
Bu bn Allohga ishonmaysan demoqchimisan
Bu menga qorong'u
Nima ...Qani hammang deriktor xonasiga
-Ustoz biz hammi-?
Yuq faqat romol o'rvolib aql o'rgatadigan farishtalar
......
Qizlar deriktor xonasiga kirishdi.
Assalomu alaykum .
Vaalaykum assalom
Sizda ishim bor edi
Qanaqa ish
Mana bu to'rt qiz romol o'rab olishgan.Axir bu mumkin emas.Bularning boshi Fotima.Darsga kirishmaydi dars tugagach kirib kelishadi.Bilmayman bir soat nima qiladi
Ustoz axir o'zingiz Fotimani darsga kiritmaysiz
Ko'rdingizmi yetmaganiga yolg'on ham gapiradi .
Xadicha yolg'inchi emas.Rost-ku Fotimani darsga kirdirmasligingiz .
Nima Fotimaning o'zi darsimdan chiqib ketadi .
Ustoz Allohdan qo'rqing
Ko'rdingizmi bular yetmaganiga gapiga Allohni ham qushadi.
Buldi sizga javob qizlar siz qoling
Hop (Endi ko'rasanlar )
........
Qizlar...bilaman siz haq yo'lni tanlagansiz.Sizga ishonaman.Ammo ba'zi bir yomonlarni deb muslimalar nomi qoralandi .Sizga qarshiligim yuq.Men romol o'ramasman ammo sizlarni Jannat tomon yetaklovchi romolingizni yechtirib gunohga botishdan qo'rqaman .O'qituvchingizdan xafa bulmang.U ham kun kelib jazosini oladi.Siz esa haq yo'ldan adashmang .
Raxmat ustoz.Alloh rozi bulsin sizdan
Alloh barchamizdan rozi bulsin
Raxmat
Endi darsga kirishingiz mumkin
Hop .....

Qizlar sinfga kelishdi.
Ha nima buldi
.........
Ertadan romolsiz kellaring
Ular ustoziga indashmadi.Hamma har yerdan gapirardi
-Hijobga kirib keyin yechish gunoh
-Battar bulishsin.
-Voy bechoralar
-Ustoz bn tenglashmasligi kerak edi
Ali
Labbay
Qizlar hijobini yecharmikin
Menimcha yuq
Ustoz aytdi-ku
Qolganlarni bilmadim ammo Fotima unday qilmaydi(Allohim nima bulsa ham shu qiz hijobini yechmasin)
Nimaga asoslanib bunday deyapsan
Ustozni shuncha qilganiga chidagan endi taslim buladimi-?
Ha qolganlar ham hijobini yechmasa kerak
Balki...
Ha bularni quy senga xushxabarim bor
Qanday
Men masjid Imomi bn gaplashdim...Xullas sen bugun Asr namoziga azon aytasan
Nima...Hazilmasmi
Yug'e
Hop unda yaxshi.(Alhamdulillah)
.........

#Davomi_bor
8 views✯S i r d o s h i m A l l o h ﷻ✯, edited  03:05
Ochish/sharhlash
2022-07-22 06:05:15 ALI va FOTIMA

Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj...

#9_Qism

Qizlar Fotimaga tarmashib ketishdi.Romolidan yubka koftalaridan tortishardi.Fotimaning boshidagi romolini tushirib yuborishdi.
Bas qiling.Menga tegmang...
Alloh bor.Qo'rqinglar Allohim qutqar...
Shu onda yashin tezligida nimadir buldi.Buni hech kim anglay olmadi.Faqat shu qadar kuchli nur taraldiki ko'zlar qamashib ketdi.Osmondan qushlarning ovozi eshitildi.Ular ko'zlarini ochganlarida...Fotima soppa-sog' kiyimlari yirtilmagan boshida romoli turardi.Ammo Shaxlo va dugonalarining kiyimlariga qarab bulmasdi.Kiyimlari sochlari qush patlari axlati bulgandi.Qizlar yig'lab yuborishdi.
-Endi nima qilamiz.Bizni ko'rganlar nima deb o'ylashadi
-Uyga qanday boraman
-Oyimga nima deyman
Qizlar nima qilishni bilmas edilar.Shaxloning ko'zi bir chetda turgan Fotimaga tushdi.Shaxlo Fotimaning yoniga bordi
Fotima...haligi...sen...Fotima iltimos meni...meni kechir .Ortiq Senga yomonlik qilmayman .Ko'zlarim ko'r bulgan ekan.Kechir... Allohdan qo'rqmay gunoh ishlar qilgan ekanman. ..
Men sendan xafa emasman.Hamma ham xato qiladi.Alloh seni kechirsin .
Raxmat .
-Bizni ham kechir Fotima
Men xafa emasman .Sizlarni uygacha qanday olib borishni o'ylashimiz kerak .Topdim..Men uyga borib kelaman.Shu yerdan ketmang.

Fotima uyigadan qizlar uchun....
Fotima uyidan qizlarga romol va uzun yenglari yopiq kiyim olib keldi.Qizlar romollarni o'rab kiyinib uylariga borishdi.
Ertasiga Shaxlo romol o'rab keldi.
Hamma hayron qoldi.
-Tabrikliman Foti safing kengayibdi
-Ha bu turishda butun sinfdagi qizlar o'ranib oladi .
-Shaxlo sen nega hijobga kirding
Men buning uchun hech kimga hisob bermayman .
-Ha quyaver bilamiz
Hamma har yerdan gapirardi.
Shaxlo nega hijobga kirdi
Alloh istagan bandasiga istagan vaqti insof va iymon beradi .
Demak Alloh menga insof bermaptida
Nega unday deysan
Shaxlo qanday qiz edi.Endichi-? Alloh buyurgan hijobni o'rabdi.Bizchi? Ikkimiz ham namoz o'qiymiz.Qur'an o'qishni bilamiz.Ammo...
Ammo yurush turishimiz amallarimizning aksi
Xuddi shunday.Alloh meni gunohlarimni kechirarmikin ..!
Alloh chin dildan pushaymon insonni albatta kechiradi .
InshaAlloh men ertadan hijobga kiraman
Men ham
MashAlloh
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotu
Vaalaykum assalom va rahmatullohu va barakotu
Fotima sizga raxmat aytgani keldim
Nima uchun
Kechagi bergan yordamingiz meni o'zgartirdi.Meni kechiring
Men sizga kecha aytdim.Men xafa emasman.Alloh hammamizni gunohlarimizni kechirsin
Raxmat ..

Ertasiga Zinnura bn Xadicha ham hijob o'rab kelishdi.Hijoblilar ko'paygani ba'zilarga yoqdi ba'zilarga yoqmadi.Bu ularning o'ziga havola.Aliga esa sinfida chin solihalar borligi juda yoqdi.Ammo ba'zi o'qituvchilarga bu holat manzur kelmadi.Hikoyamiz boshida aytgan Fizika o'qtuvchisiga ham bu xolat yoqmadi.
FOTIMA
Labbay ustoz
Nimaga sen sinfdagi qizlarni ongini zaharlading
Men..Men
Fotima bizni ongimizni zaharlamadi.Shunchaki Alloh bizga iymon hadya qildi .
Ohho hali iymonlimiz de...Qalbda bulsa kifoya
Hijobga kirish haqida oyat bor ammo qalbda bulsa kifoya degan oyatni hali kurmadim
Nima...senlar buncha bezbetsan.Men o'zimni bemalol o'ranmay turib jannatiyman deya olaman.
Ammo buni faqat Alloh biladi...Albatta sizga jannat tilayman...Lekin


#Davomi_bor
7 views✯S i r d o s h i m A l l o h ﷻ✯, edited  03:05
Ochish/sharhlash
2022-07-22 05:44:48
#Bismillah
Assalamu alaykum va raxmatullohi va barokatux
Hayrli tong azizlar

Sayyidul ayom, (kunlarning sayyidi )
Hajjul masokin,(miskinlar haji )
Bòlmish juma kunining fayzu barokoti sizlarga bòlsin amiyn..

Kunimizni tinchlik ofiyatda, yaxshi kayfiyatda, savobli amallar bilan òtishini tilayman..


Bugun kòp kòplab salovat etishlikni unutmang!

Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad..
7 views✯S i r d o s h i m A l l o h ﷻ✯, edited  02:44
Ochish/sharhlash
2022-07-21 17:52:48 ALI va FOTIMA

Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj...

#8_Qism


Ali maktabga bordi. U anchadan beri Shaxlo bilan orani ochiq qilmoqchi edi. Aslida ular hech bir vaqt gaplashmasdi. Suhbatlashsa ham Ali unchalik e'tibor bermasdi. Shu bugun barchasiga nuqta qo'ymoqchi edi.
Shaxlo ham Ali o'zgarganini sezgani uchun unga yaqinlashishga harakat qilardi.
Salom
Vaalaykum assalom
Voy men senga Assalomu alaykum demadim-ku
Menga sening gaping qiziq emas .
Qachondan beri
Bu muhum emas. Xullas seni bn orani ochiq qilamiz meni tinch qo'y
Nima...Meni tuyg'ularim o'yinchoqmi
Barchasi uchun uzr.Ammo menga nomahram bilan yurish ortiqcha
Qachondan beri nomahrammiz
Nikohsiz ekanmiz doim
Ha kelajakda turmush quramiz
Bu Allohga ayon bilmay turib gapirma. Hozir esa oramiz ochiq
Men seni sev
"Toyibatun toyyiba" ma'nosi Poklar poklar uchundir
Ali shunday deb ketdi Shaxloning jaxli chiqardi. Shu paytgacha hech kim unga bunday gap aytmagandi. Sinfning umuman maktabning erkatoyi uchun bu gaplar juda ortiqcha. Shaxlo Alining o'zgarishiga Fotima aybdor deb hisobladi
Hali mendan ko'rasan Fotima ...

Darslar tugadi. Ali endi to'garak borishi kerak.
Endi qayerga boramiz uygami
Yo'q meni to'garagim bor
To'g'ri to'garakkami
Ha shunday
Tushlikchi
Istasang tushlik qilib ol Men masjidda bulaman
Masjidda nima qilasan
Peshin bulyapti-ku
Hop yur unda birga boramiz
Ular masjidda peshin namozini o'qishdi. Ismoil tushlik qilib oldi Ali to'garakka bordi Ismoil ham Ali va Fotima bitta to'garakka borishini Ismoil bilmasdi
Ali Fotima bn topishibsanmi
To'g'ri gapir. Men Fotimani hurmat qilaman Bir guruhda o'qishimiz tasodif. Fotima bu yerga avvaldan kelada. Men esa yaqinda keldim
Hop hazillashdimda
Hazilingga Fotimani aralashtirma
Bu yerdan chiqib qayerga boramiz
Men ishga boraman
Ishga sen qachon ovqatlanasan
Ovqatlanish unchalik muhum emas
Ular ishga borishdi. Ismoil Ali qilgan ishlarning yarmini qilib charchab qoldi
Ali dam olmaysanmi
Hozir masjidga boramiz.Asr bulib qolibdi
Shu yerda o'qiylik
Masjidda o'qisak savobi katta buladi
Ular masjidga borishdi namoz o'qib bulgach ishga qaytishdi
Yuraverib charchadim
Ozroq ish qoldi. Shomgacha tugatamiz. Shomni o'qisak keyin uyinga borasan
O'hho' hop unda tezlashaylik
Ular shomgacha ishlashdi.
Shom boʻlyapti yur masjidga
Hop
Masjidda shom namozini o'qishdi. Shomni o'qib bulishgach esa Ali
Shomni o'qib boʻlishgach esa Ali vanihoyat suv ichdi.Ismoil Ali shu vaqtgacha tuz totmay endi suv ichganidan bildiki Ali ro'za tutgan. Nahotki Ali kuni shuncha mashaqqat bn o'tsa ham ro'za tutadi. Charchamaydimi?
Ali ro'za tutganmiding ..?
...h
Charchamaysanmi
Nega charchar ekanman Alloh buyurgan amallarni qilib charchaymanmi. Alloh menga quvvat berib turibdi-ku. Agar men shu amallarni qilmasam aniq charchayman
MashAlloh...Alloh sendek bandalarini ko'paytirsin
Allohim mendek gunohlari ko'p bandalarini kechirsin
Albatta tavba qilguvchilarni Alloh kechiradi. Hechdan ko'ra kech
Ularning suhbati ancha cho'zilib ketdi. Ular shu onda bu dunyodan butkul uzulishdi. Suhbatlari xufton namozigacha davom etdi. Xuftonni o'qib uylariga yo'l oldilar
Erta tong... Ali namozdan so'ng maktabga otlandi. Maktabga borsa sinfning eshigi qulf edi. Kalit Zinnurada ekan. Zinnura esa hali kelgani yoʻq. Fotima keldi.
Assalomu alaykum. Zinnura bugun kelolmas ekan. Mana sinf kaliti.
Fotima sinfni ochdi. Shaxlo Fotimani itarib sinfga kirib ketdi Bu xolat Alining g'ashini keltirdi
Fotimaaaa
Labbay
Senga zarur gapim bor
Qanaqa gap
Yur tashqariga
Hoʻp
Ular maktabning orqa tomoniga o'tishdi. U yerda 5-6tacha qizlar bor edi.
Qanaqa gap. Gapiring
Qancha bersam hijobingni yechasan
Nma...men hijobimni hech qachon yechmayman
Hozir ko'ramiz QIZLAAAR boshladek

#Davomi_bor
4 views✯S i r d o s h i m A l l o h ﷻ✯, edited  14:52
Ochish/sharhlash
2022-07-21 06:02:09 ALI va FOTIMA

Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj...

#6_Qism


Allohu akbar
Allohu akbar
Allohu akbar
Allohu akbar
Ashxadu alla ilaha illaloh
Ashxadu alla ilaha illaloh
Ashxadu anna Muhammadar rosulolloh
Ashxadu anna Muhammadar rosulolloh
Hayi ala solah Hayi ala solah
hayi alal fala Hayi alal fala
Allohu akbar
Allohu akbar
La ilaha illalloh...

Xufton namoziga azon aytilgandi. Ali azon ovozini eshitib qalbi taskin topganini sezdi. Uyiga borishi bilan tahorat oldi. Alining oilasi zamonaviy oila bo'lgani uchun ota-onasi namoz o'qimasdi, ro'za tutishmasdi. Ularning musulmonlarga xos bitta odati o'lganlarni dinimiz buyurgani kabi ko'mishardi. Lekin uylarida Qur'on joynamoz doim bo'lardi. Chunki Alining bobosi va buvisi namoz o'qirdi. Mehmonga kelishganda joynamoz kerak bo'lib qolishi mumkin. Alining bobosi unga ham kalimasini yodlatgan edi. Buvisi esa 3-4 kichik sura yodlatgan edi.vAli "Namoz o'qish qoidalari'' kitobini oldi va namoz o'qish tartibini o'rgandi. Uning xotirasi mustahkam shuning uchun she'rlarni ham tez yodlardi. Namoz o'qishni tezda o'rganib oldi. Soat 03:33 bo'ldi ham hali kitob o'qiyapti...

Ali ertalabgacha kitobni o'qidi. Bomdod namozini o'qidi.Qalbi orom oldi. Shunchalik taskin topdi, qalbi bunchalik orom olmagandi. Ali shuncha yil ichida bu tuyg'uni birinchi marta his qildi. O'zini shunchalik ajoyib his qildiki kayfiyati yaxshi edi.Maktabga borish uchun tayyorgarlik ko'rdi.
Ha bugun kayfiyating yaxshi
Bundan keyin doimo yaxshi buladi. InshaAlloh
Ha yaxshi
Ali maktabga bordi.
Salom
Valaykum assalom
Qanne
Alhamdulillah yaxshiman
Quyosh qayerdan chiqdi
Endi doim quyosh charaqlaydi InshaAlloh
Oooo zo'r-u

Ali o'zgarishni boshladi.cMuomilasi dunyo qarashi o'zgardi. Kundan kunga Allohga bo'lgan sevgisi sadoqati ortdi. Uyda ham darslardan bo'shashi bilan namoz o'qirdi. Payg'ambarimizga salovat aytar Allohga hamd aytardi. Uning namoz o'qishini ota-onasi bilib qoldi.
O'g'lim hali yoshsan-ku namozga shoshilma o'qi o'yna-kul keyin ham tavba qilib namoz o'qiysan.cBu narsalar qochib ketmaydi .
Onangni gaplari tug'ri.Hozir yosh bo'lsang nima qilasan?O'qishga kirishing uchun tayyorgarlik ko'r kitoblar ol. Eskichani keyin ham o'rganaverasan .
Aliga ota-onasining gaplari juda og'ir botdi . U ota-onasini juda yaxshi ko'radi . Ularning gaplari Ali uchun qonun. Ammo hozirgi vaziyatda Ali qanday yo'l tutsin ...

Endi ota-onasiga qanday tushuntiradi.
Gaplarimizni tushundingmi
...
Senga qanday kitoblar kerak barchasini olib beraman
....
Hoy bola senga gapiryapman
Dada men...men Yurist bo'lmayman
N..nima nima uchun axir 1-yildan beri tayyorlanasan-ku
Men Islom diniy davlat unverstitutida taqsil olmoqchiman
Nima uchun sen bunchalar dinga qiziqib qolding. Yoki vahobiylarga qo'shilib qoldingmi
Nimalar deyapsiz..? Axir Alloh deganlarning barchasi yomon niyatda bo'lmaydi
Gap tamom meni aytganim buladi. Mana senga pul kitoblarni sotib ol
Ali pulni olib indamay ketdi. Lekin nima qilishni bilmasdi. Ota-onasining gapini ikki qilolmaydi. Ikki institutga ham topshirsa qaysi biriga kirsa o'shanga o'qishga qaror qildi. Otasi bergan pullarga kerakli kitoblarni oladi. Lekin qolgan kitoblarni qayerdan oladi. Ali yo'lda borarkan Umarni ko'rib qoldi. Umar Fotimaning ukasi Alidan bir yosh kichik
Assalomu alaykum
Vaalaykum assalom. Yaxshimisan?
Allohga shukr yaxshi. Siz ham charchamay yuribsizmi
Ha yaxshi yuribman ( )
Qayerga aka
To'garakka borayapman
Ha meni kitob do'koniga ishim bor
Ha qanaqa kitob olasan
Opamga qandaydir kitoblar kerak ekan. Islom diniy davlat unverstitutiga topshirmoqchilar.Keyin "Tazkirat-ul Avliyo" kitobini so'ragandilar
Ali kitoblarni Fotimadan so'rab turmoqchi buldi.
Menga ham kitoblar kerak edi
Opang tugatgan kitoblarini menga berolmaydimi?
So'rab ko'raman. Bugun kechroq kelsangiz berib yuboraman
Raxmat
Ali juda quvondi. Axir endi bemalol tayyorgarlik ko'ra oladi ...

#Davomi_bor...
8 views✯S i r d o s h i m A l l o h ﷻ✯, edited  03:02
Ochish/sharhlash
2022-07-21 06:01:34 ALI va FOTIMA

Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj...

#5_Qism

Sinfda esa Alisher Fotimaga tegajonlik qilardi
Qoch yaqinlashma menga
Seni...seni ham singling bor-ku
Buyerga kel...
Fotima yugurib Alining ortiga o'tdi
Iltimos qutqaring
Ali Alisherni yoqasidan oldi. Va urib tashladi. Alisherning burni qonadi.
Yana bir marta shu qizga yaqinlashsang mendan yaxshilik kutma
......
Alisher sinfdan chiqib ketdi. Fotima yig'lardi.
Raxmat sizga
Bo'ldi yig'lama. Alisher senga qaytib qo'l tikkizmaydi .
Meni aybim nima
Nimani nazarda tutayapsan
Hijobga kirganlarning barchasi ham aysh-u ishrat qilish uchun o'ranmagan
Bilaman ...lekin sen oldinlari boshqacha eding.Hozir esa hijobdasan. Fe'l atvoring ham boshqacha edi.
Men aslo o'tmishimga qaytmayman. Oldingidek xatolar qilmayman. InshaAlloh
Lekin Fizikadan nima qilasan
Ustozimizni Allohga soldim. Alloh jazosini beradi.
Ustozlardan gap eshitish senga yoqadimi?
Bu dunyoda mashaqqat cheksam oxiratda rohatda bo'laman. InshaAlloh. Yoshligimni behudaga sovurib kelajagimni barbod qilishdan qo'rqaman. Allohim o'zi barchamizga insof bersin.
...mayli endi senga sinfdagi hech kim gapirmaydi
Hoʻp...raxmat

Ali sinfdan chiqib ketdi. Fotima bilan suhbatlashish unga juda yoqdi. Ma'noli va tog'ri gapirdi. Ali u bilan kuni bo'yi gaplashardi ammo negadir uyaldi Fotimadan hayo qildi. Hayotida biror qizga gap otishdan hayiqmagan Ali uyaldi. Fotimaning gaplari uni o'ylantirib qo'ydi. Uning gaplari to'g'rida bu dunyoda savob ishlar qilgan inson u dunyoda Jannatiy bo'ladi. Ali Fotimaning ko'zlariga qarashdan qanchalik uyaldi unga gapirganda xato gapirishdan gapini bo'lishdan uyaldi. Fotima ham Alining ko'ziga tik qaramadi...

Dars tugagach Ali uyiga bordi. Lekin uyga sig'masdi. Otasi ishda edi onasi esa uyda ishlar bn band. Ali onasining yoniga bordi
Oyi men hozir kelaman ko'chada ishim bor
Hoʻp faqat kech qolma

Ali ko'chada biroz yurdi. Ammo u o'ziga sig'mas ko'nglida allanechuk his bor lekin buni birovga tushuntira olmasdi. Ali Ismoilga qo'ng'iroq qildi.

Alo
Ismoil qayerdasan
Uyda
Har doimki joyimizga uchrashaylik
Ok...

Keldingmi
Ha nechuk shoshilinch
O'zim zerikdim
Yur unda ozroq...
Bilmasam nima kerak shu
Yureee
Ular tungi kulbga bormoqchi edilar. Bir ikki bolla bilan borishdi.
Hamma kayf-u safo bn band o'yin kulgu. Ali negadir o'tirolmadi. Hech narsa yoqmasdi. Qizlar ham boshqasi ham. U endi chiqib ketmoqchi edi. Bir hijobli qizning yigitlar bilan raqs tushib ularni ko'nglini hushlayotganini ko'rdi. Ali toshdek qotib qoldi. Muzlab qolgandek edi. U qizning bu ishlari Alining g'azabini oshirdi. Shundaylar tufayli chin muslimalar qoralanmaganmidi?Nomiga dog' tushmaganmidi?Shundaylar tufayli hijoblilar solihalar Alloh uchun Alloh roziligi uchun avratlarini berkitib ibo saqlaganlarga la'nat aytilmaganmidi? Yigitlar o'rtasida talash bo'layotgan qizni Ali qo'lidan tortdi.
Sen seni deb haqiqiy muslimalar nomi boʻlg'andi .Seni deb sendaka soxta hijoblilarni deb islom dini o'yin bo'lmoqda. Avratlaringni o'zingcha berkitib haq yo'ldaman deb o'ylaysalarda .Senga Allohning la'nati bo'lsin.
Siz kimsiz nme manga aqllili qivos
Allohga tavba qil zora kechirsa qilgan zinolaringni

Ali uni itarib chiqib ketdi.O'zini bosa olmasdi. Shu payt masjid tarafdan azon ovozi yangradi...

#Davomi_bor
7 views✯S i r d o s h i m A l l o h ﷻ✯, edited  03:01
Ochish/sharhlash
2022-07-20 19:02:18 ALI va FOTIMA

Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj...

#4_Qism

Fotima ertasi kuni maktabga quvonch bilan bordi. Ko'zlari kulib turardi yuzidan esa nur taralardi. U xursand edi. Ali Fotimani ko'rib hayratlandi bitta Ali emas barcha lol edi. Chunki barcha bugun Fotima kelmaydi maktabdan haydaladi deb o'ylardi.
Yana kelibdi bezbet
Men ham kelmasa kerak deb o'ylagandim.
Bu qizda yuz bormi..? Hozir boplayman
Alisher Fotimaning yoniga bordi.
Salom
Assalomu alaykum
Fotima nima qilasan o'zingni qiynab
Nimaga o'zimni qiynar ekanman
Senga zarilmidi ustozlardan gap eshitish. Nega hijobga kirib olib o'zingdan siponi yasab olding
Men ustozlardan qo'rqmayman. Hijobga kirishim bilan ishingiz bo'lmasin .
Bilaman barcha hijoblilar ersirab hijobga kirgan .
Iltimos bas qiling sizni eshitishni istamayman
Nima uchun haqiqat yoqmadimi?
Qayerdan ham yoqsin dinga kirib hijobga kirvolib yigitlar bilan yuradi barcha hijoblilar
Fotima ortiq jim turolmadi. Alisherning yuziga tarsaki tushurdi.
Men haqimda nima desangiz chidayman. Lekin dinim haqida gapirmang. Bir ikkita yomonni ko'rib barcha hijoblilarni yomon demang. Siz ularning qalbini ochib ko'rmagansiz.
Fotima Xadicha bilan sinfdan chiqib ketdi. Alisher yuzini ushlab qoldi. G'azabini bosa olmasligi aniq.
Hali Mendan ko'rasan foxisha ...

Ali Fotimani tushunolmay qoldi. Nima uchun bunday qildi. Axir Alisher bilan yaxshi kelishardi. Endi bu ahvol. Alisherdan hamma narsani kutish mumkin...
Keyingi soat jismoniy tarbiya edi. Barcha jismoniy tarbiyaga chiqdi. Faqat Fotima chiqmadi. Alisher dars boshlangach Samir va Farruh bilan bir chetda nimalarnidir maslahat qildi. Alining e'tiborini ular tortdi.
Sen deraza tarafdan vedioga olasan. Tezlashing
Bular nimanidir reja qilgani aniq. Ali Samirni ortidan bordi. Samir qo'lida kamera bilan deraza tarafdan sinfni vedioga olardi. Xonada esa faqat Fotima bor. Ali Samirni yoqasidan oldi
Nima qilyapsan
&Men... men... hech nima
Aldama o'ldiraman lekin
Alidan sinfdagi barcha bollar qo'rqardi. Qahri qattiq aytganini qiladigan yigit. Shuning uchun barcha undan hayiqadi.
Hoʻp aytaman. Alisher sinfga kirib Fotimani sharmanda qilmoqchi. Men vedioga olaman keyin esa montaj qilib internetga joylaymiz.
N..n...nima
Ali Samirdan telefonni olib qoʻydi. U yugurgancha sinfga borardi. Lekin nima uchun boryapti. Unga nima farqi bor buni tushunmasdi. Faqat Fotimani qutqarishi kerakligini biladi. Ammo nega Fotimadan nafratlanadi-ku. Hijoblilarni ham uncha xushlamaydi. Lekin hozir Fotimaga biron narsa bo'lsa o'zini aniq kechirolmaydi. Ali sinfni eshigini oldiga bordi. Farruh eshigni mahkam ushlab turibdi...
Alisher sinfdami..?
# Sen...sen sinfga kirma...
Sinfdan Fotimaning baqirib yordam so'ragan ovozi kelardi
Qoch...

Ali Farruhni itarib sinfga kirdi.Sinfda esa Alisher...

#Davomi_bor
5 views✯S i r d o s h i m A l l o h ﷻ✯, edited  16:02
Ochish/sharhlash
2022-07-20 19:01:47 ALI va FOTIMA

Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj...

#3_Qism

Ertasi kuni Fotima darsga keldi. Ko'zlari tuni bilan yig'lab chiqgani uchun qizariq shishib turibdi. Alining ko'zi Fotimaga tushdi. "Nega yig'lagan bo'lsa tinchlikmikin. Nima uchun hijobini yechmabdi. Yana ustozdan gap eshitmoqchimi?Bu qiz aniq o'zini ko'rsatmoqchi."
Xadicha Fotimaning oldiga bordi
Nima bo'ldi ko'zlaringga
Hech nima
Qara qizarib qolibdi. Kecha ustoz gaprgani uchun yig'ladingmi.. ?
...aynan u uchun emas
Rostan ham hijobingni yech. Kiyinchalik ham o'rayverasan
Men erta bu dunyoda bormanmi yoki yuq
Bilmasam Alloh biladi buni
Erta bormanmi yuqmanmi buni bilmayman-ku kelajakni qayerdan bilaman . Xadicha yaramga malham bo'la olmas ekansan...unga tuz ham sepma
Hoʻp dugonajon

Bugun ham fizika darsi bor. Fotima tayyor turushi kerakligini biladi. U ustozdan har narsani kutsa bo'ladi.
O'qituvchi darsga kirdi.
FOTIMAAAA
Labbay
Nega hali ham boshingda rumol bor
Ustoz romolimni yecholmayman
Nega
Bu Allohga maqul kelmaydi .
Menga bunday gaplaring o'tmaydi . Agar darsimdan yaxshi baho olay desang romolingni yech. Aks holda sinfdan qoldiraman. Darsga ham kirmaysan .
Hoʻp ustoz
Romolni yech qani
Men sinfdan qolishga va darsdan chiqib ketishga roziman
Voy bezbet . Seni ota-onang bilan gaplashaman
Ustoz
Gapir Eshmurodov
Hozir ko'p hijoblilar buzilib ketgan . Fotima 9-sinfgacha romolsiz edi endi esa birdan romolda bu shubhali...
Yoʻq ustoz Fotima bundaylardan emas . Alisher yolg'on gapirgani uyal .
Sen o'tir Zinnura. Alisherning gapida jon bor . Xush Fotima sen nima deysan
Men hech nima demayman...
Sizlarni Allohga soldim .
Fotima xonadan chiqib ketdi...

Fotimaning bu gaplari ko'pchilikka yoqmadi. Shaxlo va Alisherning jaxli chiqdi. Ustozining g'azabi oshdi
Bu qiz o'zidan siponi yasab olgan . Bundaylar hozir ko'paygan usti yaltiroq ichi qaltiroq deb shundaylarni aytadi. Sizlar ham u kabi zaharlanishni ongingizni boshqarishlarini xohlamasangiz Fotimadan uzoq yuring. Bu qiz hali mendan ko'radi .
Ustoz sizning gaplaringiz to'g'ri. Bu qiz ancha yigitlar bilan gaplashadi .
Sen qayerdan ko'rding nega aldaysan ?
Aldagani yoʻq . Men o'z ko'zlarim bilan ko'rganman .
Fotima unaqa qiz emas .Bilmay turib gapirmang
Bo'ldi darsni boshlaymiz .
Ali Shaxlodan suradi:
Fotimani qayerda yigitlar bilan ko'rding
Ko'rganim yoʻq
Boʻlmasa nega aldading
Yurgan bo'lsa kerak chunki oldin ham yurgan .
Ha balki ...
Fotima esa uyiga yig'lagancha qaytardi
Ey olamlar podshohi nega menga bunday azob beryapsan. Endi nima qilaman sinfdan qolamanmi? O'zing asra. Ularga ham insof bergin Robbim. Bu sinfdan meni tushunadigan inson bormi?
Fotima shunday hayollar bilan uyiga keldi. Kiyimlarini almashtirib Qur'an hatim qildi. Ancha tinchlandi. Rosulimizga salovat aytgancha uxlab qoldi...
Shu kuni tushi boshqacha buldi. U faqat bir yozuvni o'qirdi u yozuv quydagicha edi
BAXTLILAR JANNATDADIRLAR
SABR QIL...

#Davomi_bor
4 views✯S i r d o s h i m A l l o h ﷻ✯, edited  16:01
Ochish/sharhlash
2022-07-20 07:10:04 ALI va FOTIMA


Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj...

#2_Qism

Sinfga kirishdi... Fotima indamay borib joyiga o'tirdi. Ko'zlari biroz namlangandi. Chunki u ortidan kelayotgan sinfdoshlarining suhbatini eshitgandi. Shunchalik alam qilgandi. "Ular Fotima hozir qanday pushaymon ekanligini qayerdan bilishsin. Qancha yig'lab tovba qilganini ular ko'rishganmidi."
Fotimaning yig'laganini Zinnura va Xadicha sezishdi. Ular Fotimaning eng yaqin dugonalari.
Nima bo'ldi Fotima
Nega yig'ladiz shirinim
Yig'labmanmi..? Yog'e shamolga ko'zim yoshlangandirda...
Aldamang yig'lagansiz..Nima bo'ldi farishtam
Hech narsa aytdim-ku shamolga
Xadicha Zinnuraga ko'z ishoralari bilan uni tinch qo'yish kerakligini tushuntirdi. Zinnura Hoʻp deb indamadi.
Dars boshlandi...
Alining hayoli faqat Fotimada edi. U ko'zlarini Fotimadan uza olmasdi. Shaxlo Alining qo'lini chimchilab oldi.
Nima deysan
Nimaga Fotimadan ko'zingni uzolmayapsan. Yoki sevib qoldingmi o'sha ilonni...
Nimalar deyapsan seni sevaman-ku
Nimaga unda ikki ko'zing Fotimada
Nimaga hijobga kirganiga qiziqqandim
Ersiraganda boshqa hech narsa yuq
Sen qayerdan bilasan ersiraganini
Hijoblilarni barchani shunday buzuq
To'g'ri gapr boshqa eshitmay bu gapingni
Nima sen o'shani deb menga baqirdingmi.. ?
Kechir gulim qizishib ketdim
Boshqa qaytarilmasin...
Hoʻp gulim
Shaxlo Alining qo'lidan ushlab oldi.

Birinchi soat tugadi. Keyingi soat fizika darsi. Alining ko'zi Fotimaning qo'lidagi elektron tasbehga tushdi....

Fotima tasbeh aytardi. Lekin nima deyapti qiziq. Alining ko'zlari yana Fotimaga bog'landi. Shaxlo buni ko'rib juda g'azablandi. Shaxlo Fotimaning yoniga borib o'tirdi.
Salom
...Assalomu alaykum
Valekum. Foti senga bitta gap-de iltimos hijobingni yech.
Nima uchun
Senga yarashmabdi. Chiroyingni to'sib qo'yibdi
Mayli hijob chiroyni to'sish uchun o'raladi.
Men esa hijobni ersiraganlar o'raydimi debman
Sizning fikringiz shunday. Siz taniganlar hijobni o'yin qilar ammo men va ularning ancha farqimiz bor
Sen sinfdagilarni o'zinga qaratib olgansan bu ersirash emasmi..?
Meni ular bilan ishim yuq
Unda qari kampirga o'xshab yuraver.
O'qituvchi darsga kirdi. Uning ko'zi Fotimaga tushdi.
Fotima o'rningdan tur
Labbay ustoz
Nega ro'molga burkanib olding
Mumkin emasmi.. ?
Yo'q Boshqa seni bu ahvolda ko'rmay o'tir.
Battar bo'l
Alining Fotimaga rahmi keldi. Chunki uning ko'zlari yoshlangandi. Ali o'ylardi...
Bechora qiz endi nima qiladi. Zarilmidi shu rumol. Qalbida boʻlsa kifoya edi. O'ziga o'zi sotib oldi. Erta rumolini yechib kelsa kerak. Yana oldingidek bo'lib yuradi.
Darslar tugadi. Fotimaga uyiga borguncha ko'z yoshlarini zo'rg'a ushladi. Uyga kirib yig'lab yubordi. Ota-onasi ishda ekan. Ukasi va singlisi maktabda edi. Fotimaning oilasi islomiy oila edi. Lekin Fotimaning oldinlari shayton qalbiga vasvasa solib gunoh qilishga undagan. Hozir shayton unga yaqinlasha olmaydi ham. Fotimaning oyisi Islom diniy davlat unverstitida o'qituvchi. Oyisining qiroat juda chiroyli. Fotima Qur'on o'qishni oyisidan o'rgangan. Dadasi ham madrasada dars beradi. Fotima namozini o'qidi va biroz Qur'an hatim qildi. Fotimaning ham qiroati juda go'zal eshitgan odam rohat qiladi. Fotima Allohga duo qila boshladi
Ey olamlar Robbi Senga hamdlar bo'lsin. Allohim meni oilamni mo'min bandalaring qatorida yaratganing uchun ming qatla shukrlar bo'lsin. Ey Allohim o'zing meni mening hijobimga qarshi bo'lganlarning fitnalaridan asra. Ularga ham insof va iymon hadya et. Kelajamda yaxshi umr
yo'ldosh nasib ayla. Men va solihimga Ali r.a va Fotima onamiz
Muhammad (s.a.v) va Xadicha onamizning sevgilarini nasib ayla. Ota-onamni o'z panohingda asra Allohim.
Fotima gunohlari uchun uzoq tavba qildi. Fotima oldingi qilgan gunohlaridan ko'p pushaymon bo'lgan. Nomahramlar qo'lidan ushlagani ular bilan bemalol suhbatlashganini o'ylasa Fotima juda qattiq uyaladi dod solib yig'lagisi keladi...

#Davomi_bor....
4 views✯S i r d o s h i m A l l o h ﷻ✯, edited  04:10
Ochish/sharhlash