Get Mystery Box with random crypto!

Siz Allohmisiz?.... deya soʻragan bolakay Keksa otaxon har ku | Iymanim__❤

Siz Allohmisiz?.... deya soʻragan bolakay

Keksa otaxon har kuni mahalladagi bir bolakayning yalang oyoq, rezina toʻp bilan futbol oʻynayotganiga koʻzi tushardi. Bir kuni doʻkonga borib poyabzal oldi va bolaga tutqazdi:

— Buni kiyib ol, bolajonim, senga deb oldim.

Bolajon quvonchdan qiyqirib yubordi va shu zahoti poyabzalni kiyib oldi.  Soʻng soch-soqoli oppoq boboga hayrat bilan tikilib:

— Siz Allohmisiz? - deya soʻradi.

Keksa kishining qoʻl-oyogʻi qaltirab, labini tishladi va:

— Astagʻfirulloh, bolam, unday demagin.

Qoʻl-oyoqchalari kir, qalbi dunyodagi eng toza narsadan ham pokiza bolakay yana hayrat toʻla nigohlarini boboga qadadi:

— Unda siz Allohning doʻsti ekansiz-da! Chunki men kecha tunda Allohga poyabzalim yoʻqligini aytgandim, menga poyabzal yuborgin deya yigʻlagandim...

Otaxon koʻz yoshlarini koʻrsatmaslik uchun bolani bagʻriga bosdi.

@sevimli_ayol_siri |
@modern_stylle