Get Mystery Box with random crypto!

«YOU. English» — bu «Yangi O'zbekiston ustozlari» loyihasining | INTERNATIONAL MODERATION FORUM MOVEMENT

«YOU. English» — bu «Yangi O'zbekiston ustozlari» loyihasining, oliy o'quv yurtlari bitiruvchilari uchun alohida yo'nalishi bo'lib, bitiruvchilarga O'zbekiston viloyatlaridagi bolalarning teng ta'lim olish huquqini ta'minlash maqsadida ingliz tili o'qituvchisiga ehtiyoj mavjud bo'lgan maktablarda ishlash imkoniyatini beruvchi dastur.

Dasturning bosh falsafasi va maqsadi «Har bir bola o'z hayotining muallifi bo'ladi» formulasida namoyon bo'lgan. Biz «mualliflik» termini ostida o'zining imkoniyatlari darajasini ko'ra olish, kuchli va zaif tomonlarini bilish, qarorlarni mas’uliyat bilan qabul qilish va o'ziga ishonish, o'zidek bo'lishni va bundan zavq olishni nazarda tutganmiz. Aminmizki, ta’lim jarayoni bolaning mavjud ma'lumotlardan erkin foydalana olishi, taqqoslashi va tahlil qilishi, muloqot va hamkorlik qilishi, ko'mak zarur bo‘lganda, yordam so'ray olishi va yaxshi o'zlashtirib olgan sohalarida lider bo'lishiga yordamlashishi kerak.

Batafsil ma'lumot va ariza murojaat qilish: https://you.ustozfondi.uz/