Get Mystery Box with random crypto!

Mobiler - blog

Telegram kanalining logotibi mobiler_blog — Mobiler - blog M
Telegram kanalining logotibi mobiler_blog — Mobiler - blog
Kanal manzili: @mobiler_blog
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

Mobil dasturlashga oid maqolalar tarjimalari.
⚡️Bizning akademiya: https://t.me/mobileracademy
Biz bilan bog’lanish:
👤 @sanjar_suvonov
👤 @komilov_shamsiddin
👤 @shaxzodshox
👤 @MrAkramov
👤 @AbdulazizRasulbek
🔴 No ads.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-02 05:39:41
Ramazon Hayitingiz muborak bo‘lsin!

Rahmat, mag’firat va savoblar oyi Ramazonda qilgan duolaringiz ijobatini, xayrli amallar hamda savoblaringiz ajrini, kasbingiz rivojini, o‘zingiz va yaqinlaringizga esa mustahkam sihat-salomatlikni tilaymiz!

Mehr-muhabbat ila,
MobilerBlog

#HayitMuborak
1.7K views02:39
Ochish/sharhlash
2022-04-29 08:39:07

1.0K views05:39
Ochish/sharhlash
2022-04-15 15:12:19 Flutterni o'rganishdan oldin Dart dasturlash tilini o'rganish maqsadga muvofiq.

Hozirda iOS va androidga bitta dastur kodi orqali mobil dastur yaratishga bo'lgan talab yuqori darajaga chiqmoqda.

Barchaga manfaatli videodarslikga ko'zim tushdi. Videodarslik juda yaxshi saviyali yozilgan ekan. Muallifdan Alloh rozi bo'lsin. Sizlarga ham ilindim



5.5K views12:12
Ochish/sharhlash
2022-04-11 14:06:31 Android — 2022 yilda foydali maslahatlar va kutubxonalar boʻyicha 1 daqiqalik qoʻllanma

#android #2022 #guidline #learn #recommend #libraries

Medium da o'qish uchun
1.6K views11:06
Ochish/sharhlash
2022-03-20 10:49:10

1.5K views07:49
Ochish/sharhlash
2022-03-15 08:27:34 Java-da equals() va == o'rtasidagi farq nima?

.equals()
metodi va ==(tenglik) operatorining asosiy farqi shundaki, biri metod, ikkinchisi esa operatordir.

Obyektni solishtirish uchun == operatoridan foydalaniladi.

Obyekt maydonlari tarkibni solishtirish uchun .equals() metodidan foydalanishimiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, == ikkala obyekt bir xil xotira joyiga ishora qiladimi yoki yo'qligini tekshiradi.

.equals() esa obyektlardagi qiymatlarni solishtirishni ta'minlaydi.

#equals #operator
2.0K views05:27
Ochish/sharhlash
2022-03-12 11:38:11 Dasturlashni kurslar orqali o'rganish bu huddi uy qurilishida nimalar kerak bo'lishini va ular nima uchun ishlatilinishini bilib olish kabi. Ya'ni siz kurs, bootcampni bitirib, nazariy jihatdan bilimga ega bo'lasiz, kichikroq tandirxona yoki kuchuklar uchun uycha qurib ko'rgansiz, bir amallab. Endi real proyektlarga kirganda bu deyarli ishlamaydi, kod yozish tugul, ba'zida kuchli dasturchilar yozgan kodni o'qib tushunishni o'zi muammo bo'lib qoladi. Kursni bitirib chiqqan vaqtdagi "barcha narsani bilaman, qani manga 1000$ oylik" degan fikr xomhayol ekanini tushunib yetasiz. Aslida qo'lingizdan aytarli ish kelmasligi aniq bo'lganda, ancha tushkunlikka tushib qolasiz. Kurslardagi oddiy proyektlar boshqa, real proyektlar umuman boshqa darajada. Uni ma'suliyati, dedlayni, bor. Shuning uchun o'zimdaka tajribasiz, productionga proyekt chiqarmaganlarga va o'zimgayam masalahatim, katta ketmasdan, avvalboshda oylikni ketidan quvmasdan, qunt qilib, chalg'imasdan sohani professionali bo'lishga intilishni, iloji boricha o'zidan yuqori darajadagi dasturchilarni oldida yurishni maslahat berardim. 1000$dan ko'p topish mumkin albatta, qachonki tajriba oshsa, kamtar bo'lsa, muntazam ravishda o'sib borsa. fundamental bilimlar bilan esa ish joyi topishni o'zi muammo hozirda.
Bu shaxsiy fikr, albatta.

Yaqin do'stimiz Ayyubxon Farg’oniyga tegishli (Facebook ijtimoiy tarmog’idan olindi)
1.4K views08:38
Ochish/sharhlash
2022-03-11 09:55:33 String, StringBuffer, StringBuilder farqli tomonlari qanday ?

Java belgilar ketma-ketligini ifodalash uchun uchta sinfni taqdim etadi: String, StringBuffer va StringBuilder.

String classi o'zgarmas(immutable) clas, StringBuffer va StringBuilder classlari esa o'zgaruvchan(mutable).

StringBuffer va StringBuilder o'rtasida juda ko'p farqlar mavjud. StringBuilder classi JDK 1.5 dan boshlab kiritilgan.

StringBuffer:

- StringBuffer sinxronlashtirilgan(synchronized), ya'ni tarmoq uchun xavfsiz. Bu ikkita oqim bir vaqtning o'zida StringBuffer metodlarini chaqira olmasligini anglatadi.

- StringBuffer StringBuilderga qaraganda kamroq samarali.

- StringBuffer Java 1.0 da joriy qilingan.

StringBuilder

- StringBuilder sinxronlashtirilmagan(non-synchronized), ya'ni tarmoq uchun xavfsiz emas. Bu ikkita oqim bir vaqtning o'zida StringBuilder metodlarini chaqirishi mumkinligini anglatadi.

- StringBuilder StringBufferga qaraganda samaraliroq.

- StringBuilder Java 1.5 da joriy qilingan.

#String #StringBuffer #StringBuilder
1.1K views06:55
Ochish/sharhlash
2022-03-11 09:11:48 Immutable obyektlar nima ?

O'zgarmas(immutable) obyektlar
- bu obyekt olib bo'lingandan so'ng qiymatini o'zgartirib bo'lmaydigan obyektlar.

Obyekt yaratilgandan keyin biz hech narsani o'zgartira olmaymiz. Masalan, int, long, float, double barcha primitive tiplar, legacy, Wrapper, String classlar.

O'zgarmas obyektlar uchun Setters (set() metodi) mavjud emas, faqat Getters (get() metodi) mavjud.

#immutable #object
961 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-03-11 09:05:47 Mutable obyektlar nima ?

Mutable(o'zgaruvchan) obyektlar
- bu obyekt yaratib bo'lingandan so'ng qiymati o'zgartirilishi mumkin bo'lgan obyektlar.

Obyekt yaratilgandan keyin obyektning maydon va holat(state) kabi qiymatlarini o'zgartirishimiz mumkin.

Misol uchun, Java.util.Date, StringBuilder, StringBuffer shular jumlasidan.

Mavjud o'zgaruvchan obyektlarga o'zgartirish kiritganimizda, yangi obyekt yaratilmaydi. Buning o'rniga u mavjud obyektning qiymatini o'zgartiradi. Ushbu obyekt sinflari unga o'zgartirish kiritish funksiyalarini taqdim etadi.

Getters va Setters ( get() va set() metodlari ) o'zgaruvchan obyektlarda mavjud.

#mutable #object
936 viewsedited  06:05
Ochish/sharhlash