Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahridagi barcha gaz zapravkalar yopiladi. 'Shahar | Mahallada nima gap?!

Toshkent shahridagi barcha gaz zapravkalar yopiladi.

"Shaharda gaz bosimi pasayib ketishi yuzasidan ma’lumot

Ob-havo harorati keskin pasaygani sababli, shahrimizning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda — kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barcha iste’molchilar orasida teng taqsimlashga urinishiga qaramay, resurslar yetishmayapti.

Iloji boricha ko‘proq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shohobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtinchalik yopilmoqda.

Shahar ma’muriyati muammolarni bartaraf etish ustida kunu tun 24 soat ishlamoqda, kommunal soha xodimlari esa ishlarini yuqori shaylik rejimida davom ettirmoqda"

Kanal @mng_uz