Get Mystery Box with random crypto!

Mnemonika.uz

Telegram kanalining logotibi mnemonikauzb — Mnemonika.uz M
Telegram kanalining logotibi mnemonikauzb — Mnemonika.uz
Kanal manzili: @mnemonikauzb
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 687
Kanalning ta’rifi

🖊Xotirani rivojlantiruvchi mashqlar
📃Foydali ma'lumotlar
🔉Mnemonika bo'yicha yangiliklar
🧠Miya haqida tadqiqotlar
Barchasi bizning kanalimizda!

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-24 18:22:47 Mnemonika.uz pinned a photo
15:22
Ochish/sharhlash
2022-08-24 12:02:33
#news #yangilik #uzbekistan #mnemosport #mnemonika #memoryleague #memoryman #ozbekiston_mnemosport_federatsiyasi #reyting

Eslab qolish bo'yicha "5-chi Rossiya ochiq onlayn-turniri"

Medallar jamg'armasi
:

1. Hindiston
2. O'zbekiston
3. Rossiya
4. Kanada
5. Misr

O'zbekiston
terma jamoasi umumjamoaviy reytingida 2-o'rinni egallab turgani tahsinga loyiq.

Kelgusi musobaqalarda sportchilarimiz 1-o'rin egallashlarini tilab qolamiz.

Obuna bo'ling
Mnemonika.uz
509 views09:02
Ochish/sharhlash
2022-08-24 06:02:24
#news #yangilik #uzbekistan #mnemosport #mnemonika #memoryleague #memoryman #ozbekiston_mnemosport_federatsiyasi

Eslab qolish bo'yicha "5-chi Rossiya ochiq onlayn-turniri" natijalari

Ushbu turnirda yana bir yurtdoshimiz Fayoz Mardonov yuqori divizionda 3-chi o'rin uchun Misrlik mnemonist Mohamed Ramadan bilan kurashdi. Qizg'in o'tgan uchrashuvda Fayozbek 1-3 hisobi bilan imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Musobaqaning yakuniy natijalari bilan tanishing:

1-chi divizion:
Vishvaa Rajakumar
Don Michael Vickers
Mohamed Ramadan

2-chi divizion:
Sunanda Sunil
Kiril Kozlov
Anna Bondarenko

3-chi divizion:
Zohid Akramov
Shaxrbonu Qurbonova
Mohammed Hassan

P.s.
G'olib va sovrindorlarga Rossiya Mnemosport Federatsiyasi tomonidan kubok va esdalik sovg'alar beriladi.

Obuna bo'ling Mnemonika.uz
361 views03:02
Ochish/sharhlash
2022-08-23 19:53:59
#news #yangilik #uzbekistan #mnemosport #mnemonika #memoryleague #memoryman #ozbekiston_mnemosport_federatsiyasi

Biznikilar chempion!

Joriy yilning 1-21 avgust kunlari eslab qolish bo'yicha "5-chi Rossiya ochiq onlayn-turniri" bo'lib o'tdi.

Ushbu turnirda 12 ta mamlakatdan ( xususan O'zbekistondan ham) bo'lgan 52 ishtirokchi qatnashdi. Mnemonistlar o'z darajalari bo'yicha uch divizionga bo'linishdi:

"Профи" - birinchi divizion;

"Любители" - ikkinchi divizion;

"Новички" - uchinchi divizion.

Har bir divizionda bizning hamyurtlarimiz bellashishdi.

21 avgust kuni final o'yinlari bo'lib o'tdi. Quvonarlisi, "Новички" divizioni finalida ikkita yurtdoshimiz Zohid Akramov hamda Shaxrbonu Qurbonova o'zaro bahs olib borishdi.

Natijada Zohid Akramov 3-2 hisobi bilan g'alaba qozondi.

Ta'kidlab o'tish joizki, finalga qadar mnemonistlarimiz Rossiya , Hindiston va Misrlik ishtirokchilarni mag'lub etishgan.

Obuna bo'ling Mnemonika.uz
336 views16:53
Ochish/sharhlash
2022-08-23 11:52:24
#xotira #miya #obraz

Sizning xotirangiz yomonmi?

Unday emas. Aslida hammaning xotirasi shunday.

Siz sanalar, telefon raqamlar va ismlarni eslab qola olmaysizmi? Maktab programmasidagi ma'lumotlarni eslay olmaysiz, huddi hamma narsa miyangizda chiqib ketgandek. Chet tillar va dasturlash uchun tillarni o'rganish siz uchun qiyin kechyaptimi? Shunda siz "menda xotiram bilan muammolar borligi aniq, chunki boshqalar ma'lumotlarni tez eslab qoladi" deb o'ylaysiz.

Xavotir olmang! Sizning xotirangiz joyida. Faqat bir necha miyaga oid haqiqatlarni tushunsangiz bas.

1. Inson xotirasi asosan vizual obrazlarni o'zaro bog'lanishini eslab qoladi. Siz ko'rib turgan obrazlarni yoki tasavvuringizdagi obrazlarni. Misol uchun, sizga quyidagi gapni aytishsa:

"Tarelkada 2 ta yashil bodring va katta qizil pomidor turibdi".

Mana shu gapni qanday eslab qolardingiz? Ma'lumki, siz gapni emas, miyangizda so'zlarning ma'nosidan hosil bo'lgan rasmni eslab qolasiz.

Obuna bo'ling Mnemonika.uz
343 views08:52
Ochish/sharhlash
2022-08-23 05:59:34
#TOP #uslub #xotira #miya #mashq #kundalik #blog #sport

Miyani rivojlantiruvchi 5 ta oddiy usul. (2-qism)

3. Kundalik tuting.

Har kuni kechqurun kun sarxisobini qiling va eng muhim voqealarni yozib boring. Kuningizni qayta eslash ham miya uchun yaxshi mashq.

4. O'z blogingizni yuriting.

Qog'ozli kundalikni o'rnini bosadigan ajoyib variant. Bunday amaliyot bo'lib o'tgan narsalarni miyangizda yaxshiroq qolishida yordam beradi, o'zingizni va boshqalarni tahlil qilishda yordam beradi.

5. Doimo harakatda bo'ling!

Jismoniy
faoliyat aqliy faoliyat bilan chambarchas bog'liq. Agar kognitiv imkoniyatlaringizni rivojlantirishni istasangiz, har kuni kamida yarim soat sportga yoki fitnesga ajrating. Doimiy harakat kislorodni organizmimizga tezroq kirishiga yordam beradi va natijada miya ham unumliroq ishlashni boshlaydi.

Hattoki oddiy bir necha daqiqalik yugurish va badantarbiya kayfiyatingizni va vizual xotirangizni rivojlantiradi.

Obuna bo'ling Mnemonika.uz
353 views02:59
Ochish/sharhlash
2022-08-22 18:01:40 Hurmatli obunachilar!

O'tkazgan so'rovnomamiz natijalari bo'yicha, biz "First 20 hours. How to learn anything FAST" kitobidan parchalarni post qilib yozishni boshlaymiz. Tez kunda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Obuna bo'ling
Mnemonika.uz
366 views15:01
Ochish/sharhlash
2022-08-22 12:02:35
#yuz_va_ism #ism #uslub #mnemonika #xotira #assotsiatsiya #eslab_qolish

Insonlar bilan tanishganda ularning ismini eslab qolish

Oldingi
postlarimizda yozilgan uslublarni ishlatib ismni eslab qoling.

Eng zaruri ismni va obrazni xotirada muhrlash uchun suhbat davomida sherigingizni ismini 3-4 marotaba aytib chaqiring - ko'rishganda, xayrlashganda.

Shunda oraliqli takrorlash ham tayyor!

Obuna bo'ling Mnemonika.uz
382 views09:02
Ochish/sharhlash
2022-08-22 05:57:34
#TOP #uslub #xotira #miya #mashq #kitob #meditatsiya

Miyani rivojlantiruvchi 5 ta oddiy usul. (1-qism)

Agar inson miyasi tetik va chidamli bo'lsa, har qanday ish yaxshi bajariladi. Quyidagi amaliy mashg'ulotlar miyani "formaga" keltirishda yordam beradi:

1. E'tiborni rivojlantiring.

E'tiborni rivojlantiradigan uslublardan biri - meditatsiya. Meditatsiyadan maqsad ichki tuyg'ularingizni his etish va miyaga dam berish.

Har kuni 10-15 daqiqa jimlikda meditatsiya qilsangiz, xotirangizni, diqqatingizni va boshqa kognitiv funksiyalringizni rivojlantirasiz.

Aktiv holatda bo'lgan vaqtingizda, miyaga qiziqarli vazifalar bering - misol uchun, odalmlarning ko'rinishiga, ko'chadagi obyektlariga e'tibor berib yuring.

2. Har kuni kitob o'qing.

Kitob
- miya faoliyatini mashq qildiruvchi eng kuchli vositalardan biri. Olimlar isbotlashicha: har kungi 6 daqiqalik kitob mutolaasi stressni tushurar ekan.

Obuna bo'ling Mnemonika.uz
396 viewsedited  02:57
Ochish/sharhlash
2022-08-21 17:58:35
#news #yangilik #texnologiya #internet #xotira #miya #foyda

6G texnologiyasi inson miyasi uchun foydali?!

Xitoylik
olimlar 6G texnologiyasi inson miyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini aytishdi.

Dalillar yetarli - sichqonlar ustida tajribalar allaqachon o'tkazilgan, ularda 6G bilan nurlanishdan so'ng neyronlar orasidagi aloqalar yaxshilangan.

6G - bu raqamli uyali tarmoqlar uchun oltinchi avlod simsiz texnologiyasi. Xitoy Ilm-fan va texnologiya vazirligi xabar berishicha, 6G 1 Tb/s (sekundiga terabayt) tezligini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa 5G qaraganda 8000 baravar ko'proq.

Faqat 6G texnologiyasi 2028 yildan keyin ishga tushadi.

Obuna bo'ling Mnemonika.uz
388 views14:58
Ochish/sharhlash