Get Mystery Box with random crypto!

MNEMONIKA TRENING

Telegram kanalining logotibi mnemonikaa9598 — MNEMONIKA TRENING M
Telegram kanalining logotibi mnemonikaa9598 — MNEMONIKA TRENING
Kanal manzili: @mnemonikaa9598
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-01-22 13:45:26
Nostandart fikrlashni rivojlantirish

1. Odatiy ishlaringizni noodatiy holda bajaring.

Ishga yoki o'qishga borishda bir xil yo'l bilan ketamiz, ruchkani o'ng qo'lda ushlaymiz, ma'lumotni bir xil usulda eslab qolamiz. Miya ushbu harakatlarni avtomatik ravishda bajaradi. Siz mana shu harakatlarni o'zgartirib ko'ring, ya'ni boshqa yo'l bilan bajaring.

2.Yangi fikrlarni ishlating.

Miyaga kelgan barcha hayollaringizni yozib yuring. Ular foydasiz bo'lishi mumkin, lekin ba'zilariga ishlov berib kuchaytirsangiz, buyuk g'oyalar yaratasiz.

3. Komfort zonasidan chiqing.

Yangi xobbi va mashg'ulotlar toping o'zingizga. Ularni bajarib ko'ring. Turli xil joylarga sayohat qiling.

4. Boshqalarni o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring.

Deyarli barcha muammolarni bir xil yechishga urunamiz. Lekin boshqalarni o'rniga o'zingizni qo'yib ko'rsangiz, muammoga boshqacha qarashni boshlaysiz. Har bir insonni fikrlashi har xil va ularni tushunish sizga boshqa dunyoqarashni taqdim qilishi mumkin.
https://t.me/mnemonikaa9598
120 viewsYOQUBOV E, edited  10:45
Ochish/sharhlash
2022-01-22 13:44:46
Nostandart fikrlash

Ko'pchilik insonlar stereotiplar bo'yicha fikrlashadi. Ya'ni odatiy fikrlash. Nega? Chunki xato qilishdan va noto'g'ri yo'ldan yurishdan qo'rqishadi.

Lekin siz o'z hayotingizni o'zingiz boshqarmoqchi, har qanday qiyin vaziyatlardan chiqib keta olmoqchi va harakatlaringizni erkin bajarmoqchi bo'lsangiz, nostandart fikrlashni o'rganishingiz kerak.

Obuna bo'ling
https://t.me/mnemonikaa9598
140 viewsYOQUBOV E, edited  10:44
Ochish/sharhlash
2022-01-22 07:21:04
Talabalarga mazzade orqasida tog'dek Corona turipti
225 viewsYOQUBOV E, 04:21
Ochish/sharhlash
2022-01-18 11:33:30
Xotira uchun kofe foydalimi?

Kofein miya bo'limlari orasidagi bog'liqlikni kuchaytiradi, bu esa xotira, diqqat va kognitiv funksiyalarni oshiradi.

Kofening ta'siri:
- Motorikani boshqarish kuchayadi
- E'tibor va xotira rivojlanadi
- O'rganish qobiliyati o'sadi

Faqat kofeni me'yorida ichish kerak. Kofe ko'p ichilsa organizm suv va kaliy kabi mikroelementlarni yo'qota boshlaydi.

Obuna bo'ling
https://t.me/mnemonikaa9598
159 viewsYOQUBOV E, edited  08:33
Ochish/sharhlash
2022-01-18 11:32:50
Konsentratsiyaning pastligi hayotimizga qanday ta'sir qiladi?

Hozirgi kunda biz bir vaqtning o'zida ko'p vazifalar bajarishga urunyapmiz.

Lekin, huddi bir muhim narsalarga e'tibor bermay qo'ygandek, ularni eslab qolishga urunmayotgandek va umuman, effektivligimizni yo'qotgandek tuyuladi.

Hop, shunday bo'lsa, konsentratsiya sustlanishi nimaga olib keladi?

- Qiyin mavzularni tushunmaslik
- Sekin, zerikarli va bo'lingan nutq
- Qayta o'qish va bajarish yana vaqt sarflash
- Oxirgacha ishlarni bajarmaslik

Konsentratsiyani rivojlantirish uchun "nuqta" mashqini bajarishni tavsiya qilamiz.

"Nuqta" mashqi haqidagi postimiz ushbu havolada:
https://t.me/mnemonikauzb/32

Obuna bo'ling
https://t.me/mnemonikaa9598
133 viewsYOQUBOV E, edited  08:32
Ochish/sharhlash
2022-01-18 11:32:11
Yong'oq xotira uchun foydali

Ayniqsa, yunon yong'oqlari juda foydali. Ular tarkibida B guruhi darmon-dorilari bor. Ularsiz esa miyamiz to'laqonli ravishda ishlay olmaydi.

Miya hujayralarining parchalanishiga qarshilik qiluvchi, yosh o'tishi bilan xotiraning yomonlashishiga yo'l qo'ymaydigan boshqa eng muhim vitamin - vitamin E dir.

Yong'oq tarkibida bo'lgan yog'li kislotalar darmondorilar va aminokislotalar, ruh va magniy bilan bir qatorda fikrlashni rivojlantiradi hamda miyaning ishini rag'batlantiradi.

Obuna bo'ling
https://t.me/mnemonikaa9598
123 viewsYOQUBOV E, edited  08:32
Ochish/sharhlash
2022-01-17 18:55:23
Kitob o'qishning 7 ta foydasi
1.Tasavvurni kengaytiradi.Bu esa bizning miyamiz uchun juda foydali.
2.Yomon odatlardan uzoqlashishingizga yordam beradi.
3.So'z boyligingizni ko'paytiradi.
4.Diqqat va e'tiboringizni rivojlantiradi.
5.Dunyoqarashingizni kengaytiradi.
6.Stressni kamaytirishga yordam beradi.
7.fikrlaringizni to'liq yetkazib bera olish qobilyatini shakllantiradi.
128 viewsYOQUBOV E, 15:55
Ochish/sharhlash
2022-01-17 11:55:27
Asalning xotiraga ta'siri

Aynan glyukoza miyaning ishlashiga va xotiraning o'tkirligiga ijobiy ta'sir qiladi. U esa avvalo asalda va quritilgan mevalarda bo'ladi.

Shuning uchun ertalabki bo'tqaga kichikroq qoshiqda bir qoshiq asal va quritilgan mevalardan bir hovuch qo'shilsa, imtihonlardan oldin ajoyib nonushta bo'ladi.

Obuna bo'ling
https://t.me/mnemonikaa9598
217 viewsYOQUBOV E, edited  08:55
Ochish/sharhlash
2022-01-17 11:54:43
Chempionlar oilasi yoxud daholar qanday o'stiriladi (1-qism)

Inson daho bo'lib tug'uladimi yoki o'sadimi?

Amerikalik psixolog Jon Uotsoning bir gapi bor:

"Menga 10 ta sog'lom chaqaloqni beringlar va ularni siz xohlagan inson qilib o'stirib beraman: olimdan tortib jinoyatchigacha".

Shu so'zlar vengriyalik pedagog Laslo Polgarni ilhomlantirgan. Va natijada u 3 ta qizini chempion qilib o'stirgan.

Laslo Polgar, vengriyalik psixolog, jurnalist va pedagog, ko'plab daholarning tarixini o'rganib chiqadi. Motsart, Gaust, Eynshteyn kabilarning hayotini o'rganib chiqqach, bitta to'xtamga kelgan: "Har bir insonni to'g'ri tarbiyalash jarayonida uni dahoga aylantirish mumkin".

Laslo o'zining tarbiyalash tizimini yaratishga tushadi. Lekin daholik aks ettiriladigan yo'nalish topishda ozroq qiynaladi.

Xorijiy tillar - variantlardan biri edi, lekin nechta tilni bolaga o'rgatsa bo'ladi?

Obuna bo'ling
https://t.me/mnemonikaa9598
110 viewsYOQUBOV E, edited  08:54
Ochish/sharhlash
2022-01-17 11:53:38
Nega mnemonistlar quloqchin taqishadi?

Musobaqalarda mnemonistlar quloqchinlar taqishadi.

Nega? Musiqa eshitishadimi?

Yo'q. Eslab qolish paytida bor e'tiboringiz ma'lumotda bo'lishi kerak. Kichik bir tovush ham insonni chalg'itishi mumkin.

Hech qanday tovush eshitmaslik uchun ham quloqchinlar taqiladi

Obuna bo'ling
https://t.me/mnemonikaa9598
85 viewsYOQUBOV E, edited  08:53
Ochish/sharhlash