Qochib bo'lmas haqiqat. Zino qarz va u qarzni albatta yo singlisi yo opasi yo ayoli xullas, ahlidan bir kishi to'laydi. Qaradingmi? Senikiga ham qarashadi. Gap otdingmi, qayerdadir senikiga ham gap otishadi. Hamiyat va g'oyyurlik "ko'chaga chiqma, uyda o'tir, ro'mol o'ra" emas. Hamiyat qalbdan chiqadi. Inson avvalo o'zini tiyadi. Avvalo gunohga, zinoga moyil qalbingni tiy, hech bir nozik xilqatni o'tkazib yubormaydigan chirkin nigohingni tiy! Hamiyat va g'oyyurlik saodat asridan qolgan meros, sunnat!