Get Mystery Box with random crypto!

Maqsad qo’yayotganda nimaga ahamiyat qaratish kerak? Avvalo, m | Mnemonika |Mashhura Amonova

Maqsad qo’yayotganda nimaga ahamiyat qaratish kerak?
Avvalo, maqsad qo’yayotganda inson niyatga ahamiyat qaratish kerak.
Masalan: Tasavvur qiling, siz milliarder bo’lishni xohlaysiz. Bir insonsan so’raganda, siz nima uchun milliarder bo’lishni xohlaysiz deganda, u shunday deb javob beradi: Agar men milliarder bo’lsam, shaharni yarmini sotib olaman. Odamlar faqat menga xizmat qiladi
Ikkinchi insondan nega millioner bo’lmoqchisiz deb so’ralganda, u shunday javob beradi: O’zbekistonda qiynalgan insonlar juda ham ko’p. Ularga yordam qilaman. Yetimxonalarga yordam qilaman. Xalqqa xizmat qilaman.
Xulosa: Ikkala insonning maqsadi bir xil millioner bo’lish! Ammo niyat ikki xil. Demak, xulosa shuki, birinchisi faqat o’zining yoki tor doiradagi insonlarning manfaatini ko’zlab niyat qilmoqda. Ikkinchisi, butun bir jamiyat, xalq va millatning manfaatini ko’zlab niyat qilmoqda.
Yoki bir kasb misolida oladigan bolsak, bir inson huquqshunos bolishni niyat maqsad qildi va huquqshunos bolganidan song, insonlarga pul evaziga xizmat korsatishni, qonunlarni zor bilib, ulardan qanday chetlab otishni niyat qildi. Ikkinchi inson ham huquqshunos bolishni maqsad qilib, insonlarga huquqiy yoprdamni begaraz berishni, jamiyatda qonun ustuvorligini, qonunchilikni taminlashda fuqarolarning ornini va huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatni rivojlantirishni niyat qildi.
Bunda ham xulosa qilish mumkinki, har ikkala inson ham huquqshunos bolishni maqsad qilmoqda. Ammo, bu maqsaddan keladigan natijaga uchun niyat ikki xil va biri faqat ozining manfaati bolsa, ikkinchisida xalq va butun bir jamiyatning manfaati turganligini korish mumkin.
Siz aziz o’quvchilarning, qo’yadigan maqsadlaringiz, eng kamida oilangizga, mahallangizga, tuman, shaharingizga va butun O’zbekistonga xizmat qilsin va yordam bersin.


https://t.me/MNEMONIKA_KANALI