Get Mystery Box with random crypto!

Muhammad's blog

Telegram kanalining logotibi mnematov_blog — Muhammad's blog M
Telegram kanalining logotibi mnematov_blog — Muhammad's blog
Kanal manzili: @mnematov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35
Kanalning ta’rifi

Bu kanalda siz kamina oʻqigan kitoblardan eng mazmunli va kerakli iqtiboslarni koʻrishingiz mumkin. Ularni shunchaki oʻqishning oʻzi bilan kifoyalanmang, aksincha moxiyatini tushunib yeting. Shunda albatta foyda topasiz🙂
@mnematov

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-28 18:47:10 Ғайридинлар ичида заруратсиз яшашдан уламолар қайтаришарди. Бекорга эмас экан.
------------
G’arb davlatlarida yashab, farzand katta qilayotganlar tafakkur qilishlari uchun achchiq bir statistika:

Ota onasi musulmon oilada tug’ilgan va musulmon sifatida ulg’aygan Amerikalik bolalarning 25% - har 4 tadan 1 tasi umri oxirlarida o’zini musulmon hisoblamaydi.

Manba: Pew research for studying U.S. Muslims, 2017

(c) Shahrom Rustamov

@Mubashshirahmad
19 viewsMuhammad, 15:47
Ochish/sharhlash
2022-12-26 18:21:39 Zamonaviy kasb sohasidagi boshlang‘ich mutaxassislar uchun Top 5 maslahatim

. o‘zingga qiziq bo‘lgan va raqobat kuchli bo‘lgan sohada ish boshla yaxshi o‘sish bo‘ladi, raqobatsiz bozorda N1 bo‘lishlik mutaxassisni o‘stirmaydi. Fokus qarat, bir oy bitta yo‘nalishda kuniga 12 soat ishlasang, 90% boshqa sohangdagi mutaxassislardan kuchliroq bo‘lasan.

. Agar SMM menejerlikka o‘qigan bo‘lsang, Top SMM menejerlarga yaqinlashishga, klublarga qo‘shilishga tajriba almashishga harakat qil. Bu o‘sishni bir necha barobar tezlashtiradi.

. Sifatli ishla. Har bir ishingni hattoki tekinga ishlasang ham maksimal darajada sifatli qil, bu nafaqat mijozni senga bo‘lgan ishonchi oshiradi, o‘zingga bo‘lgan ishonching ham oshadi.

. “Tajriba”dan o‘rgan. Sen bosib o‘tmoqchi bo‘lgan yo‘lni allaqachon o‘tgan insonni top,mentor hamma sohada kerak va muhim. U qilgan xatolarni qaytarmasdan tezroq o‘sasan.

. Zamon bilan hamnafas bo‘l. Hozir zamonaviy marketingda trendlar juda tez o‘zgarmoqda, 20 yillik tajribasi bor oxirgi o‘qigan kitobi Kotler bo‘lgan dinozavrlar kabi bo‘lma. Fikrlashingni va bilimingni doim o‘stirishga harakat qil.

Humoyun Sabirov

@mnematov_blog
25 viewsMuhammad, edited  15:21
Ochish/sharhlash
2022-12-25 19:36:15 O‘rgan...

Yig‘i paytida ham kulishni o‘rgan...
Mayli, seni g‘amdan «o‘lmadi» desin...

Kimgadir tasalli berishni o‘rgan...
«Bu tabib hech kasal bo‘lmadi!» desin...

So‘lish paytida ham gullashni o‘rgan...
«G‘unchalari ayoz ko‘rmadi!» desin...

Yiqilganni mudom qo‘llashni o‘rgan...
«Yuzga boqqulik hol qolmadi!» desin...

Uyalsin, uyalsin... Qilganlaridan...
Seni mudom yerda xor ko‘rganlaridan...

Sabring omon bo‘lsin, so‘ylama ohing...
Alloh o‘zi bo‘lsin sening panohing...

Manba

@mnematov_blog
25 viewsMuhammad, edited  16:36
Ochish/sharhlash
2022-12-24 13:49:13
Langar Effekti

Psixologlarning aniqlashicha, odamlar qaror qabul qilishda oldindan o'rganilgan ma'lumotlariga qarab qaror chiqarishar ekan. Masalan, internetdan siz biror-bir mahsulotni narxini qidirdingiz u 100 dollar ekan, endi uni yaqin atrofingizdan sotib olishda, online ko'rgan "price"ingizga tayanib narxlarni solishtirasiz.

Bu effekt iqtisodda muhim o'ringa ega va ko'pincha chegirma, "распродажа" paytlari kuzatiladi.

Birov haqida g’iybat qilishda ham, “langar”ga tushamiz

@mnematov_blog
26 viewsMuhammad, edited  10:49
Ochish/sharhlash
2022-12-23 22:12:09 Bugun birov Toshkentdagi ingliz tili o'rgatadigan o'quv markazida namozga ruxsat yo'qligidan shikoyat qildi. Ruxsat beradigan joy topa qolsangizchi, deb tavsiya qildim. Hozir zamon ancha o'zgargan, xususiy bizneslar mijozning talabidan kelib chiqishga majbur.

Shu muloqot sabab bo'ldi-yu, Kareya xotiralarini yo'qladim. Eslayman, yangi borgan paytimda universitet binosida bir chekada namoz o'qishimga to'g'ri kelib qoldi. Yaqin atrofda masjid yo'q, namozxona yo'q. Namoz payti chiqib ketishiga oz qolgan. Indashmasmikan deb yuragim taka-puka bo'lib zo'rg'a jur'at qilib yerga joynamoz solib namozni boshladim.

Shu payt yon-atrofdagi xonalarda dars tugab qolsa bo'ladimi! Namozni tugatgunimcha yuzlab karis talaba auditoriyalardan chiqib yonimdan hali uyoqqa, hali buyoqqa o'tadi. Lekin hech kim indamadi.

Keyin mavridi bo'lganda bir domladan so'radim:
- Sizlarda namoz o'qishga taqiq yo'qmi?
- Nega bo'lsin? Ibodat shaxsiy ishing, xohlagan burchagingda Xudoyingga ibodat qilaverasan-da, boshqalarga xalaqit bermasang bo'ldi.

Men esa ikki metr joyga bir parcha mato solib ovozimni chiqarmay Robbimga ibodat qilish uchun albatta kimdandir ruxsat olish kerak, agar ular taqiq qo'ysa, faqat va faqat masjidga borishim kerak yoki namozni qazo qilib uyga borganda o'qishim kerak deb yurarkanman. Go'lligim qursin.

Bir yillar o'tib, bizning har burchakda namoz o'qib yurganimizni ko'rib rahmlari kelganmi deyman, meni chaqirtirib musulmonlar uchun namozxona tashkil qilib bermoqchiliklarini va ba'zi masalalarda tavsiya berishimni so'rashdi. Jon deb yordamlashdim, shu bahona namozxona va tahoratxonaga ham ega bo'ldik.

Kareya menga o'rgatgan eng katta ibrat: jamoat joyi jamoat mulkidir, jamoat undan istagan maqsadida foydalana oladi. Atrofga zarar yetkazmasa bo'ldi. Aksini isbotlamoqchi bo'lgan odam hujjat-dalili bilan kelsin.

P.S. O'zbekistonga qaytganimda Namanganda shunday vaziyat bo'ldi. Bir joyga ketyapman, masjidga esa yetib borolmayman, namoz payti chiqib ketib qoladi. Avvalgi zamon emasdir deb, Allohga tavakkal qilib, shaharning odam gavjum qismida bir burchakda namoz o'qidim. Hech kim e'tiroz qilmadi, melisa ushlab ketmadi. Ancha o'zgaribmiz, ancha o'nglanibmiz, alhamdulillah. Bu ham ne'mat. Shunchaki, endi bu ne'matlar bizga oddiy holdek tuyulyapti.

@javharuz
26 viewsMuhammad, 19:12
Ochish/sharhlash
2022-12-23 16:09:49 Асаларида нечта қорин бор?

Аллоҳ таоло Наҳл сурасининг 69 оятида: “Уларнинг қоринларидан турли рангдаги шароб чиқади”, деб айтган. Нима учун Аллоҳ таоло оятда битта қорин демасдан “қоринлар” деб кўплик лафзда ишлатди? Демак аён бöладики, асаларида учта қорин бор экан. Асалари ширани оладида бир муддат аввалги қоринда сақлайди. Сўнгра тўсилган нарса очилгач шира иккинчи қоринга тушади. Maна шу иккинчи қоринда шира асалга айланади. Ана шу иккинчи қориннинг охирида бир ёпқич бор, у асални учинчи қоринга тушишига имкон бермайди. Фақат зарурат учун бироз ўтказиб туради. Учинчи қорин ичак чавоқ бöлиб, асалари учиш асносида ўша ичак чавоқдаги нарсадан озуқаланиб, учиш амалиётини унинг ёрдамида амалга оширади. Асалари уясига борганида ҳақиқий мўжиза рўй беради. Чунки у иккинчи қорнидаги соф асални ичак чавоқдан эмас, балки оғзидан чиқариб, уясининг очиқ ерларига қўяди.

Барча нарсага ўз ҳилқатини–шаклини ато этиб, сўнгра уни тўғри йўлга солиб қўйган Зот покдир.

@mnematov_blog
18 viewsMuhammad, edited  13:09
Ochish/sharhlash
2022-12-23 15:26:19 Ўзгаришингни ҳисобга ол

18 ёшимда бир нималарга эришишни хоҳлардим. Ҳозир эсласам кулгим келади.

25 ёшимдаги мақсадларим бор эди. Баъзиларига амалга ошди. Баъзиларини ўчириб ташладим. Улар 29 ёшли Азизга керак эмас экан.

Беш йил орқага қара. Қанчалик ўзгаргансан. Яна беш йилдан кейин эса шундай бўлиб қоламан деб ўйлайсан.

Одам ўтмишда ўзгарганчалик, келажакда ҳам ўзгаришини тасаввур қила олмайди. Чунки ўтмиш учун солиштиришга маълумот бор. Келажак эса номаълум.

Психологияда бу “End of history” иллусион дейилади.

Ҳозирги ақли билан ёшликка қайтиб қолишни хоҳлаш ана шундан. “Ақл” кирди. Одам ўзгарди.

18 ёшлик йигитчалар уйланишга ҳаракат қилаётган гўзаллардан 28 ёшликлар ажрашмоқчи бўлиб юришибди.

25 ёшликлар қизиқаётган осон бойиш йўлларидан 35 ёшликлар афсусланишяпти.

Ёшлар йиғишга қизиққан катта вазнни, ўрта ёшлилар йўқотиш билан овора.

Ўспиринлигида тез машҳур бўлиш учун олган видеоларни — катта бўлиб ўчириш билан овора.

Бугун бирор нарсани хоҳлаётганинг, эртага ҳам хоҳлашингни билдирмайди.

Ўткинчи хоҳишлар деб узоқ муддатли қарорлар чиқариб қўйма. (Уйланиш, кўчиб кетиш, касб танлаш)

Йиллаб қилиб юрган ишларини ўзгартира олиш ҳаммани ҳам қўлидан келмайди.

Шу сабабли:

Катта қарорлар чиқаришдан аввал.

Шу йўлни босиб ўтганлардан маслаҳат ол.

Шу мавзулардаги ҳадисларни ўқи.

Доим 20 ёшли йигитча(қиз) бўлиб қолмаслигингни ёдингда тут.

Агар унутиб қўйсанг бутун умрингни ўспирин каби яшаб ўтишинг ҳеч гап эмас.

@mnematov_blog
27 viewsMuhammad, edited  12:26
Ochish/sharhlash
2022-12-23 14:47:23 Тез-тез эътибор берганим, аксар ёш укаларимизда, айниқса 3-4 курс талабаларида келажакка нисбатан хавотир бор. Бугун яна бир марта бунга дуч келдик. Шароити оғирроқ укаларимиз қачон уйланаман, қачон уй оламан, қачон машина оламан, ўзи умуман олиб биламанми деган хавотирда юришади.

Ўзим ҳам бир вақтлар шунақа бўлганман. Отадан етим ўсганман учун бу нарсалар имконсиздек туюлган. Лекин, ёш 25дан ўтганда бирма-бир имкониятлар очилди. Баъзида зўриқиб, базида осонлик билан машинадан бошқа ҳаммасига эришдим. Машина олмаслик шахсий қарор эканлигини олдин ёзгандим.

Атрофга эътибор берсам, меҳнат қилган, изланган бирор танишимиз уйсиз, машинасиз қолмабди. Аксари бу нарсаларга 35 ёшга етмасдан эришмоқда.

Нима демоқчиман, кўпроқ ўзингиз устингизда ишлаб, кўпроқ меҳнат қилинг. Қолган ҳаммаси бўлади, сиз кутгандан тезроқ ва аълороқ бўлади.
23 viewsMuhammad, 11:47
Ochish/sharhlash
2022-12-22 05:51:30 Узрлар қидиришни бас қил!

— Уйқуга тўймаяпсанми?
— Эртароқ ухла!

— Семириб кетябсанми?
— Спорт билан шуғуллан!

— Китоб ўқишга вақтинг етмаяптими?
— Телефон кўришни бас қил.

— Ишларинг чалкашиб кетяптими?
— Уларни тартиб билан бажар!

— Билиминг етарли эмасми?
— Кўпроқ китоб ўқи!

@konspektor
24 viewsMuhammad, 02:51
Ochish/sharhlash