Get Mystery Box with random crypto!

Xabaringiz bor, kechadan buyon yurtimizda kuchli shamol tufayl | M. M. Madazimov | Rasmiy kanal

Xabaringiz bor, kechadan buyon yurtimizda kuchli shamol tufayli mavsumga xos boʻlmagan chang- toʻzonli noqulay ob-havo kuzatilmoqda. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami koʻtarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobar oshdi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi prognoziga koʻra, bugun, 5-noyabr kuni ham Toshkent shahri hamda respublikamizning boshqa joylarida chang-qumli noqulay ob-havo hodisasi davom etadi.

Ushbu holatda shifokor-mutaxassislar professor-oʻqituvchilar va oʻquvchi-talabalarga quyidagilarni tavsiya etadi:

ko‘chaga chiqishdan oldin nim ta’sir qiluvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni chaygan holda chiqishlari;

ochiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yurish va ularni har ikki soatda almashtirish;

xonalarni yopiq saqlash, xoʻl sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sigʻimli idishlarga suv solib qoʻyish zarur.

Shuningdek, agar professor-oʻqituvchi va oʻquvchi-talabalarimizda tashqi muhitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, koʻzlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yoʻtal belgilari yuzaga kelsa, tezda allergolog shifokorga murojaat qilishlari lozim. Shu bilan birga, zarurat sezganda "103" xizmatiga murojaat qilib, tun-u kun sifatli tibbiy yordam olishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube