Get Mystery Box with random crypto!

Bizni avvaldan kuzatib kelayotgan obunachilarimiz bilishadi va | Mittivine

Bizni avvaldan kuzatib kelayotgan obunachilarimiz bilishadi va eslashadi. Biz ishdan tashqari bo’sh vaqtimizda, oddiy, hayotiy videolarni sur’atga tushirib keldik. Shu tariqa bizni hurmat qilishdi va biz o’sha hurmatni qardlaymiz, yo’qotmaslikga harakat qilamiz. Bugungi quvonchni sizlar bilan ulashgim keldi. Axir shuncha yillik qadrdon bo’lib ketdik. Ba’zilaringiz bilan ko’chada uchrashib qolsam, qadrdon insonimni ko’rgandek bo’laman. Shunchaki o’sha paytdan beri qo’llab quvvatlab, ishonganlaringiz uchun rahmat…. Onamning xozirgi quvonchlarining ostida qanchadan qancha g’am, tashvishli kunlari yotganini bilmayman. Lekin bir narsani aniq bilaman. Ota Onalarimiz duolarini olar ekanmiz, haqiqiy urushga qurolsiz kirib keta olamiz. Ularni qadrlang Yaxshi ko’ring, quchoqlang. Chunki faqat ular hech qachon o’zgarishmaydi. E’tiboringiz uchun rahmat. Hurmat ila: “Littlelar oilasi” Mannopov Farhod.