Get Mystery Box with random crypto!

Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar Bu ish halolmi? | missDii_Club

Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar


Bu ish halolmi?

Ha! 100% halol. Sababi siz nimadirga pul tikib, undan foiz olmaysiz, pul osmondan tushib qolmaydi, aksincha, o'zingiz mehnat qilasiz.


Daromadga chiqishimga kafolat berasizmi? Qancha vaqtda daromadga chiqaman?


Agar siz o'zingiz ham bu uchun harakat qilsangiz, albatta! Sababi kursda to'liq 0 dan boshlab o'rgatilgan har bir narsa. Siz shularni bajarsangiz bo'ldi. Qo'llar qovushtirib o'tirilsa, daromadni ham orzu qilasiz, xolos.

Qancha vaqtda daromadga chiqishingiz esa o'zingizning harakatingizga bog'liq, shunday o'quvchilarim borki, 1hafta bo'lmay daromad topishni boshlashadi, yana shundaylari borki, 1 oy, 2oyda daromad qilishadi.

Ammo daromad qilmaslik umuman ilojsiz. Harakat qilmasangizgina, pul topolmaysiz.


Bu ishni boshlash uchun o'zimda qanchadir mablag' pul bo'lishi kerakmi?

Deyarli ko'p mablag' kerak bo'lmaydi. Agar savdo-sotiq bilan shug'ullanaman desangiz, o'zingizda kamida 100 mingdan 300 minggacha pul bo'lsa, yetarli.
Agar kuratorlik qilaman desangiz, pul sarflamasdan ham o'quvchilar topib, pulga kurs o'rgatishingiz mumkin bo'ladi.


Dars qanday holatda bo'ladi va necha kun davom etadi, ko'rishib o'rgatasizmi yoki onlinemi?

Dars telegram kanalda online bo'ladi. Video darsliklar hamda rasmlar, audiolar orqali o'rgatiladi. Darsimiz o'rgatilishi muddati cheksiz davom etadi. Erkin grafik, ya'ni xohlagan paytingizda kirib, o'rganishingiz mumkin. Aynan bir vaqt belgilanmagan.


To'lovni qanday qilib qilamiz?


click/payme ilovalari orqali plastik kartaga to'lov qilinadi.


Har bir kursda o'qish majburiymi?

Yo'q, siz 5ta kursdan xohlaganingizda o'qishingiz mumkin. Masalan 1-kursda o'qib turib, keyinchalik 2-kursni sotib olishingiz majburiy emas. O'qimagan yo'nalishlaringizni o'rganmoqchi bo'lsangiz, ularning narxi alohida hisoblab beriladi.


Kurs narxi boshqalarda 200.000 - 500.000 so'm, sizda nega arzon?

Ko'pchilikning sharoitidan kelib chiqqan holda boshqalarga qaraganda arzonroq narx belgilaganman. Men o'z bilimimni o'zim xohlagan narxda o'rgata olaman. Asosiysi, insof bilan!


Men sizga 100% ishonsam bo'ladimi, aldamaysizmi, hammasini o'rgatasizmi?

Hech ikkilanmay ishonsangiz bo'ladi. Menga birovning haqqi kerak emas.




Kursni sotib olgandan keyin men nima ish qilaman? Tovar olib keltirib, sotamanmi? Nima qilolaman?

1) Kursda sizga o'z biznesingizni 0 dan boshlash, gruppa ochish, biznes qilishda hamma kerakli bo'lgan ma'lumotlar beriladi va siz xohlasangiz o'z internet magaziningizni ochib, bemalol savdo bilan shug'ullansangiz bo'ladi.

2) Mendan sotib olgan barcha darslarni o'zlashtirgan holda, siz ham xuddi menday o'zingiz darslar tayyorlab chiqasiz va o'quvchilarga bularni o'rgatish orqali daromad qilasiz.


Til bilish kerakmi? Telefonni yaxshi tushunmayman. Farzandli, oilali ayolman. Ishlay olamanmi?

1) Til bilish umuman shart emas.
2) Telefonni juda zo'r tushunmasligingiz ishlashingizga to'siq bo'la olmaydi. Sekin-sekin o'rganib ketasiz.
3) Oilali ayol bo'lsangiz, vaqtingizni to'g'ri rejalashtirgan holda darslarni o'zlashtirib, biznes qilsangiz bo'ladi. Ishoning, kursimda sizga o'xshagan chaqaloqli yoki oilali ayollar juda ko'p, ammo ular harakat qilishyapti.



Lichkam: @Biznes_Dilnoza