Get Mystery Box with random crypto!

Sen qaydan bilasan, balki yulduzlar, Menga sirlarini soʻylayot | ✨Psychologist's world✨

Sen qaydan bilasan, balki yulduzlar,
Menga sirlarini soʻylayotgandir.
Sen qaydan bilasan, balki bu koʻzlar,
Unsiz bir qoʻshiqni kuylayotgandir.
Sen qaydan bilasan balki keng olam,
Shu moʻjaz qalbimga boʻylayotgandir.
Sen qaydan bilasan, balki meni ham,
Kimdir qaydadir jim oʻylayotgandir...

Abdulla Oripov