Get Mystery Box with random crypto!

RESTORANCHA KOTLETAMIZ Kerakli masalliqlar: Tovuq file 500 g | Ummuyusuf | missfoodcook

RESTORANCHA KOTLETAMIZ
Kerakli masalliqlar:
Tovuq file 500 gr
1 dona piyoz
1 dona qizil, sariq, ko’k bolgarskiy
Sir 200 gr
Smetana 200 gr
3 osh qoshiq mayonez
Tabga ko’ra ziravorlar
Non talqoni
1 ta tuxum
Tayyorlanishi;
Tovuq filelarimizni maydalab olamiz va bitta piyozni qo’shib maydalimiz ziravorlar solib, bitta tuxumni chaqib, 4 osh qoshiq talqon solib aralashtiramiz. Kotlet shaklida yasab qo’limizni suvlab, non talqoniga belab ikki tomonini qizartirib qovurib olamiz va duxovka idishimizga solib ustidan qaylasini solamiz.
Qaylasi uchun smetanani ustiga mayonez va yarim piyola suv, bolgarskiylarni maydalab to’g’rab aralashtiramiz albatta tabga ko’ra tuz solamiz. Duxovkaga 180gradusga 30 35 minutga qo’yib pishirib olamiz keyin sirni sepib eriguncha duxovkada qoldiramiz Yoniga xoxlagan garnir yoki salatlar bilan istemol qilishingiz mumkin Yoqimli ishtaxa
YAQINLARGA ULASHAMIZ