Get Mystery Box with random crypto!

Xolid Ertug'rul. Iqror. Zulmatdan nur sari. 'Butun koinot, ic | Misbah nashriyoti

Xolid Ertug'rul. Iqror. Zulmatdan nur sari.

"Butun koinot, ichidagi bor narsasi bilan inson tomon chopadi, insonga yordam qiladi, u oyog'ida tik turishi uchun xizmat qiladi va uning borlig'ini qo'llab-quvvatlaydi. Insonga qilinayotgan buncha yordam va ko'makdan maqsad-muddao nima?"

Ustozi bergan ushbu savol asarimiz qahramoni Mehmetga shu qadar ta'sir qildiki, tinimsiz davom etgan 8 oylik savol-javob, o'qib-izlanishlarga shu birgina savol turtki bo'lgan edi.

Hayotda bo'lib o'tgan voqealar asosida yozilgan asar qanday yakun topdi? Xolid ustoz bergan savolga siz ham javob izlab ko'ring. Keyin esa, Mehmet qanday javob berganini bilish uchun kitobni albatta, mutolaa qiling! Umid qilamizki, vaqtingizga achinmaysiz!

Telegram | Instagram