Get Mystery Box with random crypto!

Bevafo Uchrashtirdi bizni o‘sha eski daraxtlar Birgalikda qil | MiRzoHiD_MediA [Official ]

Bevafo

Uchrashtirdi bizni o‘sha eski daraxtlar
Birgalikda qiluvdik bir birimizga ahdlar
Jonim sani sevardim ko‘zlaringga tikilib
Sochlaringni silardim qo‘llarim bilan tutib

Sokin tun bag‘rida termulaman sanga man
Sandan uzoq bosam ham bar bir sani sevaman
Ko‘chalarda yurganimiz hali hamon esimda
O‘sha baxtli kunlarimiz yana qaytib kesinda

MMG:
Manga ham o‘rgat jonim sani qanday unutay
Tuyg‘ularga tupurib ketmay yoki kutay
Sevardim sani man kezardik ko‘chalar
Mana bugun yolg‘izman armonlarim kuy chalar

Sevgimizni o‘ldirib endi mandan ket dema
Sevgimizni o‘ldirib jonim mandan keting a
Hali afsuslanasan kelishimni kutasan
Mansiz o‘tgan tunlaringda ko‘z yoshingni yutasan

Naqorat
Yana ichaman sharob
Hayollarni chalg‘itib
Chekaman azob tunda
Sendan xabar kutib
Ko‘zlarim to‘lgan qonga
Zahrim ichga yutib
Bugun boraman yoninga
Tuyg‘ularni mas qilib( 2x)

MMG:

Gulim deb atagandim so‘lib bo‘ldi o‘sha gul
Hazonlar qoldi undan tugab bo‘ldi butkul
Sevgida yonardik otash bo‘lib kunu tun
Bugunchi sevgi yondi qoldi undan faqat kul

Jonim qani bitta kul baxtlimisan bugun
Mani yuragim yarim saniki esa butun
Tamaki tutataman xonam to‘la tutun
Azob bilan o‘tadi yana bugungi tun

Osmonga termulaman derazamdan mo‘ralab
Bir yulduz uchdi ana yulduzlarni oralab
Tilak bildirdim sekin baxtli bo‘lsin bevafo
So‘ngra esa dardimga so‘radim man davo

Bugun tug‘ilgan kuni unga atab yozdim xat
Lekin allaqachon o‘lib bo‘lgan muhabbat
Balki yashayotgandir mani xasta qalbimda
Man bilan yotar hali o‘lsam bir kun qabrimda


Naqorat
Yana ichaman sharob
Hayollarni chalg‘itib
Chekaman azob tunda
Sendan xabar kutib
Ko‘zlarim to‘lgan qonga
Zahrim ichga yutib
Bugun boraman yoninga
Tuyg‘ularni mas qilib( 2x)

T.me/MiRzoHiD_MediA_official

@qushiqlar_mp3_1

Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.