Get Mystery Box with random crypto!

#savolimbor Men davlat tashkilotida asosiy shtatda ishlayman. | Mirzobek Ochilov

#savolimbor Men davlat tashkilotida asosiy shtatda ishlayman. Bundan tashqari xususiy sektorda ham o’rindoshlik bo’yicha ishlayman. O’rindoshlik joyimdan ham davlat tomonidan beriladigan 2 million dekret pulini olsam bo’ladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga 1-ilova “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandiga ko’ra, ushbu nizom budjet tashkilotlarida, shu jumladan, o‘rindoshlik asosida ishlaydigan ayollarga tatbiq etilmaydi.

Biroq Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 18-19-bandlariga ko’ra, o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir.

Sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.

Ya’ni o’rindoshlik asosida budjetdan tashqari tashkilotda ishlovchi ayollarga “dekret puli” davlat tomonidan to’lab berilmaydi, lekin bu holatda bu toifa ayollarga nafaqa to’liq miqdorda ish beruvchining shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Yana bir bor ta’kidlaymiz, demak bu holatda Siz asosiy ish joyingiz bo'lgan davlat tashkilotidan ham “dekret puli”ni olasiz, bundan tashqari o'rindoshlik joyingizdan ham “dekret puli”ni olasiz. Faqat davlat tomonidan 2 million berilmaydi, o'rindoshlik joyingizdagi ish beruvchi “dekret puli”ni o'zi to'liq to'lab beradi

Ish beruvchi xodimga “dekret puli”ni to’lab bermasachi?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 49-3-moddasiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha (4,5 million so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha (9 million so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – (+998)71 200 06 00

Bosh prokuratura – 1007;

Adliya vazirligi – 1008.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi