Get Mystery Box with random crypto!

'' Neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar boyroq lekin bu kutilma | MIRZOBEK's Planet

'' Neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar boyroq lekin bu kutilmagan boylik Saudiya Arabistoni yoki Kuvaytda diversifikatsiyalashgan zamonaviy iqtisodiyot qurishga yordam bermadi. Bularning hammasi dinning ahamiyat kasb etishini ishonarli tarzda ko‘rsatib bermayaptimi? Garchi haqiqatga o‘xshasa-da, bu fikr ham to‘g‘ri emas. Rost, Suriya va Misr mamlakatlari kambag‘al, ularning aksariyat aholisi esa musulmondir. Ammo bu mamlakatlar taraqqiyoti uchun ancha muhimroq bo‘lgan boshqa jihatlari bilan ham butkul farq qiladi. Chunonchi, ularning barchasi Usmonli imperiyasi tarkibidagi viloyatlar bo‘lgan, bu esa ularning rivojlanish yo‘nalishiga jiddiy va salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Usmonli saltanati qulagach, Yaqin Sharq Angliya va Fransiya mustamlakachilik imperiyalariga qo‘shib olingan va bu ham ularning taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo'ldi. Mustaqillikka erishgach, bu mamlakatlarda ham aksariyat sobiq mustamlakalar singari tabaqalashgan, avtoritar siyosiy tuzumlar o‘rnatildi. Ularda, bizningcha, iqtisodiy taraqqiyotga erishish uchun muhim bo‘lgan siyosiy va iqtisodiy institutlar deyarli yo‘q edi.

Ularning taraqqiyot yo‘llarini ko‘proq Usmonli va Yevropa mustamlakachiligi shakllantirdi. Islom dini va Yaqin Sharqdagi qashshoqlik o‘rtasida bog'liqlik borligi haqiqatga u qadar to‘g‘ri kelmaydi.''

Jeyms Robinson, Daron Ajemo'g'li
''Mamlakatlar tanazzuli sabablari'' kitobidan.

#yangikitob #yetti
@mirzobek_bozorov