Get Mystery Box with random crypto!

Internet ijtimoiy tarmoqlarining Zarari tomonlari Foydali t | ᴍɪʀᴢᴀʏᴇᴠ | working

Internet ijtimoiy tarmoqlarining
Zarari tomonlari

Foydali tomonlari haqida gapirdik. Endi esa internetning qarashlarim bo'yicha zararlari jihatlarini aytib o'taman.

Ijtimoiy tarmoqlar undan yaxshiroq yashayotgan minglab odamlar hayotini ochib beradi.Ya’ni sen uyda o’tirib instagramni titib o’tirganingda sinfdoshingni gentrada baland muzika qo’yib shahar aylanib yurganini , yana bir do’stingni bayram qilayotganini va yana bir tanishingni esa takoy kiyimlarda rasmga tushganini ko’rasan. Uyingda yotib o’zinga nazar tashlaysan. Qarasang oxirgi marta qachon mazza qilib dam olganingni ham eslay olmaysan. Ustinga bo’lsa usha akangning yo opangning eski kiyimi. Bu holatlar seni tushkunlikka tushiradi. Lekin ôsha tarmoqqa narsa joylayotgan odamning ham asli hayoti unaqa emasligini va u hayotining yomon taraflarini internetda kôrsatmasligini va shunchaki baxtli odam ro’lini o’ynab o’zini ko’z-ko’z qilayotganini tushunmaysan.

Avvallari e’tibor bersangiz har xil xalqning o’z yashash tarzi , qadriyatlari, urf odatlarida katta farq bo’lgan. Hozirda Ijtimoiy tarmoq butun dunyoni birlashtirgani uchun insonlar bir-biriga o’xshab oradagi farqlar kamayib ketmoqda. Ko’pgina sharq davlatlari nafs ustiga qurilgan  ba’zi g’arb davlatlariga taqlid qilishi kuzatilyapti.

Internet vaqtning ko’p qismini isrof qilishga sabab bo’lishi ( ishonmasangiz telefoningizni kuniga necha soat ishlatishingizni tekshirib ko’ring)

Agarda sizlarda qo'shimcha fikrlar bo'lsa marhamat commetga yozishingiz mumkin.

@mirzayev_minds