Get Mystery Box with random crypto!

AZIZ MIRZACHO'L YOSHLARI VA TUMANIMIZ AHOLISI Yoshlar oyl | MIRZACHO'L OVOZI 🇺🇿

AZIZ MIRZACHO'L YOSHLARI VA TUMANIMIZ AHOLISI

Yoshlar oyligi oʻzining eng qizgʻin pallasiga yetib keldi.

18 iyun, soat 18-00 da, barcha mirzacho'llik yoshlarni tuman madaniyat uyi oldiga, Oʻzbekistonimiz bayrogʻi qad rostlagan maydonga taklif etaman

Mirzacho'l tuman hokimining koʻmagi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimining tashabbusi bilan shahrimiz va tumanimizdagi barcha yoshlar uchun, ajoyib, esda qolarli Yoshlar festivali oʻtkazishni reja qilganmiz.

Festival davomida, yosh isteʼdod egalarining chiqishlari bilan bir qatorda, Respublikamiz tanigan, taniqli estrada yulduzlari, "DAVR" guruhining ajoyib chiqishlari koʻzda tutilgan.

Shuningdek, kun davomida turli sport tadbirlari, 5000 qadam, velemarafon, madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilishi va faol ishtirokchilar rag'batlantirilishi rejalashtirilgan!

Barchangizni kutib qolamiz!

@mirzachol_ovozi