Bizni kuzatishyapti Yostiqqa qornim bilan yotdim. Ketidan o’g’lim ham yotdi. Kitobni ochib qarab turdim, o’yinchoqlarini tashlab, qarash uchun keldi. Zinadan (liftni tashlab) chiqishni boshladim, atrofimdagilar ham boshlashdi. Foydali ish qilganiimizda faqat o’zimizga foyda bermayapmiz. Bizni kuzatayotganlarga signal beramiz. Shunday ham qilish mumkinligini bildirib qo’yamiz. Bu teskari tomonga ham ishlaydi. Baqirib: “Darsda telefon o’ynama” deganimizda, telefon o’ynamaslikni o’rgatmadik. Baqirish mumkinligini o’rgatdik. Har bir ishimiz ovozsiz davat. Gapimizdan ta’sirliroq davat. @azizrakhimov_blog 61 views19:15