Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_va_yer_soligi Yuridik | Mirobod tuman davlat soliq inspeksiyasi

#qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_va_yer_soligi

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 %dan 1,5 %ga, normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan 4 %dan 3%ga pasaytirildi.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash va hisobotlarni taqdim etishda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

Mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi (liniyali obyektlar va tugallanmagan qurilish obyektlari bundan mustasno) quyidagi miqdorlarda 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:

Toshkent shahrida – 2,5 mln so‘m;

Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 1,5 mln so‘m;


boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln so‘m.

Agar obyektning 1 м² qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etishga haqli.
Bunda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.

*Soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish bo‘yicha quyidagi huquqlar berildi:

2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani 2022-yil 1-fevralga qadar ko‘chmas mulk obyektlariga 1 м² minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish;

2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan maʼlumotnomani 2022-yil 1-aprelga qadar
, penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasini qo‘llamasdan taqdim etish;

1 м² obyektning qiymati belgilangan minimal qiymatdan kam bo‘lgan taqdirda, 2022-yil 1-aprelga qadar ko‘chmas mulk obyektlarini mustaqil baholash rejalashtirilganligi to‘g‘risida soliq organini xabardor qilgan holda ko‘chmas mulk qiymatini 2022-yil 1-oktabrga qadar mustaqil baholashni o‘tkazish, mustaqil baholash yakunlangandan keyin 30 kun davomida soliq organlariga mol-mulk solig‘i hisobotini taqdim etish.

Yangi neft va gaz quduqlarini, ularni foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki 2 yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod etilishi nazarda tutilmoqda. Ushbu soliq imtiyozining amal qilish muddati yakunlangach, keyingi 3 yil davomida mazkur quduqlarga nisbatan belgilangan soliq stavkasining 50 %ga kamaytirilgan stavkasi qo‘llaniladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram