Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi Yuridik va jismoniy | Mirobod tuman davlat soliq inspeksiyasi

#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi – 0,95% (Soliq kodeksi 429-modda);
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i hisobotlarini taqdim etish – joriy soliq davrining 1-mayiga qadar (Soliq kodeksi 431-modda) saqlab qolindi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 1,07 baravarga indeksatsiya qilindi.

Geologiya-qidiruv va (yoki) qidiruv ishlari uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq solish obyektidan chiqarib tashlandi.

Soliq to‘lovchilarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha joriy soliq davri uchun soliq hisobotlarini 2022-yil 1-fevralga qadar taqdim etish huquqi berildi. Bunda, ushbu soliqni to‘lash, aylanmadan soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan yillik summaning 1/12 qismi miqdorida 2022-yilning 1-fevraliga qadar amalga oshiriladi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram