Get Mystery Box with random crypto!

Qizil shapkacha Bir bor ekan bir yo'q ekan texnika riv | Mirobod tumani "Barkamol avlod "bolalar maktbi

Qizil shapkacha

Bir bor ekan bir yo'q ekan texnika rivojlangan bir zamonda jajjigina qizaloq bo’lib, uning ismi Qizil Shapkacha ekan. Qizil Shapkacha yolg’iz yashaydigan buvisidan doimo xabar olib turarkan. Bir kuni onasi somsalar yopib ularni buvisiga ham berishni so’rabdi.
Qizil shapkacha “xo’p” debdiyu, savatchaga somsalarni joylab, yo’lga tushibdi.Yo’l yuribdi, yo’l yursa ham mo’l yuribdi.Yo’lda maymunjonlar teribdi.Shu payt oldidan bo’ri chiqibdi:
-Qizil shapkacha,qaerga yo’l olayapsan?
-Buvimnikiga, somsa olib borayapman.
- Qanday borishni bilasanmi?
- Ha,albatta.
- Agar xohlasang yaqin yo’lni o’rgataman.
- Yo’q shart emas…
deb bo’ri bilan hayrlashibdida, smartfon telefonini “manzilni topish”ga yo’naltiribdi va eng
yaqin yo’l bilan manzilga bo’ridan oldin etib boribdi. Kelishi bilan eshikni qulflab,buvisidan xabar olibdi. Buvisi choy ichib
o’tirgan ekan, Qizil shapkachaning olib kelgan somsalarini mazza qilib yebdi.
Shu payt halloslagancha bo’ri shu uy yaqiniga kelib eshikni taqillatibdi, bo’ri kelganligini domofon orqali Qizil shapkacha ko’ribdi va Favqulodda Vaziyatlar hizmatiga telefon qilibdi. Ular tezda kelib bo’rini Hayvonot bog’iga olib ketishibdi.Qizil shapkacha aqlli qiz bo’lganligi uchun o’zi va buvisi bo’lajak havf-hatardan qutilib qolishibdi.


Toshkent shaxar Mirobod tuman Barkamol avlod bolalar maktabi "Ingliz tili" to'garagi a'zosi Ibrohimjonov Firdavsbek