Get Mystery Box with random crypto!

#GrinKarta: Hozir grin kartaga ariza topshirish avjida. DV 201 | Mirakmal Niyazmatov

#GrinKarta: Hozir grin kartaga ariza topshirish avjida. DV 2018'dan keyingi statiktik ma'lumotlarni tekshirgan edim. Ariza topshirgan o'zbekistonliklar soni quyidagicha:
- DV 2019: 2 846 227 (oila a'zolari bilan);
- DV 2020: 2 572 653 (oila a'zolari bilan);
- DV 2021: 832 938 (oila a'zolari bilan).

Ha, DV 2021 qiziqish juda pasayib ketganini ko'rish mumkin. Sababini aytish qiyin. Ammo O'zbekiston #DV2021 dasturi bo’yicha eng ko’p sovrindorlarga ega bo’lgan davlatlar o'nligidan joy olgan: Misr (6002 kishi), Eron (6001 kishi), Rossiya (6001 kishi), Jazoir (6001 kishi), Sudan (6001), Ukraina (5604), 𝗢’𝘇𝗯𝗲𝗸𝗶𝘀𝘁𝗼𝗻 (𝟱𝟯𝟭𝟵), Kongo (4503), Morokash (4458), Albaniya (3962).

#Maslahatlar:
1. Bu yil grin karta lotereyasiga albatta ariza topshiring;
2. Ariza topshirishdan avval Yo'riqnomani o'qib chiqing;
3. Sizdan so'ralgan barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting. Bunda chet elga chiqish pasportidan foydalaning;
4. Yolg'on ma'lumot kiritmang;
5. Rasm talablariga rioya eting.

#Eslatma: Yutuq turmush qurgan-qurmagan, farzandli-farzandsiz, chekmaydigan-ichmaydiganga qarab chiqmaydi.

Grin karta lotereyasida qatnashing, ammo hayot mazmuni va kelajagingizni yutuq ehtimoli juda, juda past bo'lgan grin kartaga bog'lab qo'ymang. Amerika yoki chet elga ketishni jiddiy niyat qilgan bo'lsangiz hech bo'lmasa ingliz tilini o'rganishni boshlang, qiziqqan sohangiz bo'yicha tahsil oling, hunar o'rganing. Tanlagan sohangiz ustasiga aylaning. Shunda eshiklar ochilaveradi. Omad!

* * * * * * ***
𝐁𝐮 𝐞𝐬𝐚 𝐨'𝐭𝐠𝐚𝐧 𝐲𝐢𝐥𝐠𝐢 𝐩𝐨𝐬𝐭𝐢𝐦:

#Raqamlar: Meni boshqa masala qiziqtiryapti -- o'zi o'tgan yili necha kishi topshirdiyu, qanchasiga yutuq chiqdi. Raqamlar esa yoqa tishlatadi. 2018 yilda grin karta lotereyasida qatnashish uchun 2 114 446 O'zbekiston #fuqaro'si murojaat qilgan. Ha, 2.1 million kishi! Bu mehnatga yaroqli fuqarolarning taxminan 14-16% tashkil etadi. 2017 yilda topshirilgan arizalarga solishtirganda 35% o'sish.

Dunyo bo'yicha fuqarolari eng ko'p murojaat qilgan davlatlar orasida Ganadan (2 227 530) keyin ikkinchi o'rindamiz.

Qo'shnilarda #SurishKerak qay ahvolda? Markaziy Osiyo davlatlaridan kelib tushgan arizalar soni quyidagicha: 1) Qozoqiston – 93 406; 2) Qirg’iziston – 72 350; 3) Tojikiston – 122 178; va 4) Turkmaniston – 29 666.

Xullas, O'zbekistondan topshirilgan arizalarning 2%-5%. #VizaFirmalari'ga mendan tekin biznes g'oya -- qo'shni davlatlarda ham filial oching...