Get Mystery Box with random crypto!

Osiyo taraqqiyot banki va “Aloqabank” ATB o‘rtasida Revolver k | Minfin

Osiyo taraqqiyot banki va “Aloqabank” ATB o‘rtasida Revolver kredit bo‘yicha qiymati 20 mln AQSh dollari miqdoridagi bitimi imzolandi.

Qayta tiklanadigan kredit liniyasi Aloqabankning o‘z mijozlariga, shu jumladan, kichik va o‘rta korxonalarga savdo bilan bog‘liq kreditlar berish imkoniyatlarini kengaytiradi. Savdoni moliyalashtirish qisqa muddatli kreditlar va kafolatlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni aylanma kredit miqdori yiliga bir necha marta ishlatilishi mumkin.

Shartnomani Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori vazifasini bajaruvchi Enriko Pinali va “Aloqabank” ATB boshqaruv raisi Kammuna Irisbekova imzoladilar.