Get Mystery Box with random crypto!

Osiyo taraqqiyot banki va 'Xalq banki' ATB o'rtasida 'Xalq ban | Minfin

Osiyo taraqqiyot banki va "Xalq banki" ATB o'rtasida "Xalq banki" strategiyasi amaliyotga joriy qilishda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Osiyo taraqqiyot banki va “Xalq banki” ATB o‘rtasida 2025-yilga qadar Xalq banki transformatsiya qilish strategiyasini amaliyotga joriy qilishda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlikda maqsad keyingi 12 oy davomida OTB bank bilan birgalikda ishlab chiqqan va Forum davomida tasdiqlangan 2025-yilgacha o‘vz strategiyani amalga oshirishda Xalq bankini qo‘llab-quvvatlashdir. Texnik yordam korporativ boshqaruv, risklarni boshqarish, shuningdek, bankning hozirgi moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish sohasida amalga oshiriladi.

Shartnomani Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori vazifasini bajaruvchi Enriko Pinali va “Xalq banki” ATB boshqaruv raisi Shuhrat Otaboyev imzoladilar.