Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli fuqarolar! Mamnuniyat bilan, 2022 yil 4-chorak “Fuqa | Minfin

Hurmatli fuqarolar!

Mamnuniyat bilan, 2022 yil 4-chorak “Fuqarolar ishtirokidagi audit” tizimi orqali nazorat obyektlarini tanlash jarayoni yakunlanganligini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 326-son qaroriga muvofiq nazorat obyektlarini tanlash jarayoni yakunlariga ko‘ra vazirlik va idoralar kesimida tanlashlar soni o‘ntadan kam bo‘lmagan hamda eng ko‘p marta tanlangan jami 4 ta budjet tashkilotida nazorat tadbirlari o‘tkazish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Jumladan, Xalq ta’limi vazirligida 3 ta obyektda hamda Yoshlar ishlari agentligida 1 ta obyektda nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, kelgusida ham nazorat obyektlarini tanlash jarayonida faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

Davlat auditi dasturida (www.davlatauditi.uz) vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari o‘tkazish muddatlari hamda natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kuzatib borishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.