Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli fuqarolar! “Ochiq budjet” axborot portalida kuzatil | Minfin

Hurmatli fuqarolar!

“Ochiq budjet” axborot portalida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli, joriy yilning 29-avgust soat 18:00 ga qadar Portalda profilaktika ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Shu munosabat bilan, ushbu davr mobaynida “Ochiq budjet” axborot portalidan foydalanish, jumladan “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida loyihalarga ovoz berish imkoniyati bo‘lmaydi.

O‘z navbatida, Tashabbusli budjet 2-mavsumining ovoz berish davri texnik nosozliklar tufayli yo‘qotilgan kunlar soniga uzaytirilishini ma’lum qilamiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda Tashabbusli budjet jarayonlaridagi ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

РУ I ENG I ҚҚ