Get Mystery Box with random crypto!

Soat 9:27 da Toshkent shahridagi 110 kV L-K-D elektr uzatish t | MINENERGY.UZ

Soat 9:27 da Toshkent shahridagi 110 kV L-K-D elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Toshkent shahrining Sergeli hamda Yangihayot tumanlari iste’molchilari qisman elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube