Get Mystery Box with random crypto!

“Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzu | MINENERGY.UZ

“Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi

2023-yil 7-iyul kuni Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Kinematografiya agentligining “Event Hall” tadbirlar zalida “Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi oʻz ishini davom ettiradi.

Shu kuni bu yerda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Energetika vazirligi masʼullari, xalqaro ekspertlar, investorlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonning qulay biznes muhiti va investitsion jozibadorligi” nomli umum sessiya doirasida “Yashil energetika” sohasining rivojlanish istiqbollari” panel sessiyasi boʻlib oʻtadi.

Tadbirda qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ishbilarmon doira vakillarining ishtiroki kutilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube